22:21 / 17.11.2022
22585

Navoiyda piyodalar yo‘lagidan o‘tayotgan yo‘lovchilarni Lacetti urib ketdi  

Tan jarohati olgan 2 nafar piyoda shifoxonaga yotqizilgan.

Foto: IIB axborot xizmati

2022 yilning 15 noyabr kuni Navoiy shahrida Lacetti mashinasi yo‘lni kesib o‘tayotgan 2 nafar piyodani urib yuborgan.

Navoiy viloyati IIB axborot xizmatining ma’lum qilishicha, YTH 15 noyabr kuni soat 17:50larda Navoiy shahrining Imom al-Buxoriy ko‘chasida sodir bo‘lgan. 1987 yilda tug‘ilgan haydovchi X.A. Lacetti mashinasini boshqarib kelayotib, tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyidan yo‘lni kesib o‘tayotgan A.A. va B.B.ni urib ketgan. YTH oqibatida piyodalar tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Hozirda YTH yuzasidan Navoiy shahri IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid
Top