09:22 / 21.11.2022
3512

NATO bosh kotibi: Shvetsiya va Finlandiya terrorizmga qarshi qonunlarni kuchaytirishi kerak

Stoltenbergning so‘zlariga ko‘ra, Shvetsiya Shimoliy Atlantika alyansiga qo‘shilishi uchun yana bir muzokaralar raundiga ehtiyoj tug‘ilishi «mutlaqo normal». Uning fikricha, Shvetsiya va Finlandiya terrorizmga qarshi qonunlarni kuchaytirishi kerak.

Foto: Reuters

NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg Shvetsiyaning Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi ortidan boshlangan alyansga kirish jarayoni kechikyapti, deb hisoblamaydi. «Buning uchun biroz vaqt ketishi va yana bir munozaralar raundiga ehtiyoj tug‘ilishi mutlaqo normal holat», dedi Stoltenberg 20 noyabr, yakshanba kuni efirga uzatilgan Shvetsiyaning SVT telekanaliga bergan intervyusida.

«Bu safar jarayon juda tez kechganligi g‘alati – may oyidagi Shvetsiya va Finlandiya arizalaridan iyundagi taklifnomagacha – 28 davlat shartnomani allaqachon ratifikatsiya qilgani – bu zamonaviy tarixda NATOga boshqa har qanday qo‘shilish jarayonidan juda tez amalga oshdi», - dedi alyans rahbari.

Yyens Stoltenbergning fikricha, Shvetsiya va Finlandiya terrorizmga qarshi qonunchiligini kuchaytirishi va Kurd ishchilar partiyasi (KIP) kabi tashkilotlarga qarshi kurashda NATOning boshqa davlatlari, jumladan Turkiya bilan hamkorlikni kuchaytirishi kerak.

Bu Turkiya uchun muhim, chunki u NATOga a’zo davlat bo‘lib, boshqalardan ko‘ra ko‘proq teraktlarga duchor bo‘ladi va shuning uchun bundan xavotirda, dedi Stoltenberg.

Uning qo‘shimcha qilishicha, reaksiya mutanosib bo‘lishi kerak, lekin Turkiya terror hujumlaridan o‘zini himoya qilish huquqiga ega.

Germaniya tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok 10 noyabr kuni Turkiya va Vengriyani Shvetsiya va Finlandiyaning NATOga a’zo bo‘lishiga yordam berishga chaqirdi. Anqara va Budapesht Shimoliy Atlantika alyansining iyun oyida Madridda bo‘lib o‘tgan sammitida shimoliy Yevropa ikki davlatining ittifoqqa qo‘shilishini osonlashtirishga va’da berishdi. «Endi shunday qilish kerak», dedi Berbok shvetsiyalik hamkasbi Tobias Billstryom bilan uchrashuvda.

Mavzuga oid
Top