12:20 / 23.11.2022
4155

O‘zbekiston xorijdan 635 mln dollarlik avtomobillar import qildi 

Yengil avtomobillar importi 3 896 taga oshgan.

2022 yilning yanvar-oktabr oylarida O‘zbekiston xorijiy davlatlardan qiymati 635,7 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 25 048 ta yengil avtomobil import qilgan

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, yengil avtomobillar importi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 3 896 taga oshgan

2022 yilning 10 oyida O‘zbekiston 27 ta xorijiy davlatlardan yengil avtomobillar import qilgan.

O‘zbekiston 2022 yilning yanvar-oktabr oylarida xorijdan qiymati 55,4 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 1 749 dona elektromobil import qilgan.

Top