08:12 / 29.11.2022
6958

50 yosh va undan katta yoshda nikoh qurganlar soni aytildi

50 yosh va undan katta yoshda nikoh qurganlar soni to‘g‘risida ma’lumot berildi.

2022 yilning yanvar-oktabr oylarida 50 yosh va undan katta yoshda nikoh qurganlar soni 6 613 tani tashkil etgan.

Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, shundan ayollar – 1 362 nafar, erkaklar – 5 251 nafar.

Bundan oldin 2022 yil yanvar-oktabr oylarida yosh toifasida nikoh qurganlar soni to‘g‘risida ma’lumot berilgandi.

20 yoshgacha bo‘lganlar orasida ayollar – 74 718 nafarni, erkaklar – 2 549 nafarni tashkil qilmoqda.

O‘z navbatida, 20-30 yoshgacha nikoh qurganlar sonida ayollar – 137 165 nafarga, erkaklar – 194 426 nafarga teng.

Bundan tashqari, 31-40 yoshgacha bo‘lganlar orasida ayollar – 16 960 nafarni, erkaklar – 24 849 nafarni tashkil qildi.

Shuningdek, 41-50 yoshgacha nikoh qurganlar soni ayollarda – 3 560 nafarga, erkaklar – 6 993 nafarga teng.

Top