02:16 / 29.11.2022
16938

JCh-2022. Portugaliya Urugvayni mag‘lubiyatga uchratib, 1/8 finalga yo‘l olgan 3-jamoaga aylandi

Foto: Getty Images

Qatarda o‘tayotgan jahon chempionatida 2-tur bahslari yakunlandi. 

N guruhida Portugaliya Urugvayga qarshi bahsda Fernandeshning dubli evaziga g‘alaba qozondi va muddatidan avval pley-offga chiqdi. 

Eslatib o‘tamiz, bungacha Fransiya va Braziliya ham 1/8 final masalasini ijobiy hal qilgandi.

So‘nggi turda 2 noyabr kuni Portugaliya (6) Janubiy Koreya (1) bilan o‘ynasa, Urugvay (1) Ganaga (3) qarshi maydonga tushadi va guruhdagi ikkinchi yo‘llanma sohibi aniqlanadi.

JCh-2022. 2-tur. N guruhi
Portugaliya — Urugvay 2:0

28 noyabr, «Lusayl»
Gollar: Fernandesh (54, 90+3 penalti).
Portugaliya – Koshta, Kanselu, Pepe, Diash, Mendesh (Gerreyru, 42), Silva, Karvalyu (Palinya, 83), Fernandesh, Nevesh (Leau, 69), Ronaldu (Ramush, 82), Felish (Nunesh, 82). 
Urugvay – Rochet, Varela, Godin (Pelistri, 62), Koates, Ximenes, Olivera (Vinya, 86), Vesino (de Arraskaeta, 62), Bentankur, Valverde, Kavani (Suares, 73), Nunes (Maksi Gomes, 72).
Ogohlantirishlar: Bentankur (6), Nevesh (38), Olivera (44), Felish (77), Diash (89).

Mavzuga oid
Top