15:51 / 01.12.2022
25504

Ovga chiqqan ukrain jangchilari, Kiyevda sham yorug‘idagi konsert. Urush suratlari

Rossiya harbiylari Xersonni o‘qqa tutishda davom etmoqda. 30 noyabr tongida 70 yoshli ayol o‘z kvartirasida halok bo‘lgan, yana bir kishi yaralangan. Xerson badiiy san’at muzeyi binosi shikastlangan. RF mudofaa vazirligi Donetsk yo‘nalishidagi yurish chog‘ida Belogorovka va Ozaryanovka qishloqlari egallangani haqida ma’lumot berdi. Ukraina tomoni bu ma’lumotni izohlamadi. Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayyen tvitterida urush boshidan buyon 100 mingdan oshiq ukrain harbiysi halok bo‘lgani keltirilgan videoni namoyish etdi. Keyinroq uning o‘rniga yangisini joyladi – unda bu raqamlar yo‘q – va gap Ukraina qo‘shinining jami yo‘qotishlari, ya’ni qurbonlar va jarohatlanganlar haqida ketayotganini, raqamlar esa uchinchi tomon manbalaridan olinganini aytdi. Ukraina mamlakat armiyasi yo‘qotishlari to‘g‘risidagi ma’lumot xizmat siriga oid ma’lumot ekanini ma’lum qildi va fon der Lyayyen bu raqamlarni qayerdan olgani tekshirilishini bildirdi. Volodimir Zelenskiy Ukrainani tiklash uchun trillion dollardan ortiq mablag‘ sarflashga to‘g‘ri kelishini ma’lum qildi

Quyida 30 noyabr, urushning 280-kunida Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar.

Odessa hayvonot bog‘i uy jonivorlarini qabul qilmoqda

Keng ko‘lamli urush boshlanganidan buyon Odessa hayvonot bog‘i direktori Igor Belyakovning ko‘rsatmasiga binoan ukrainlar xorijga o‘zlari bilan olib keta olmagan 700 dan ortiq jonivorlar bog‘ga qabul qilingan. Endilikda hayvonot bog‘ida itlar, mushuklar, ilonlar, quyonlar, olmaxonlar, qushlar, tovuqlar, toshbaqalar, buqalamunlar va hasharotlar ham yashamoqda. Urush davrida 300 dan ortiq kishi o‘z jonivorlarini olib ketish uchun qaytgan, ayrim jonivorlarni esa yangi oilalar qabul qilgan.

Bundan tashqari, Odessa hayvonot bog‘ida bahorda mashhur bo‘lib ketgan Xarkivdagi hayvonot bog‘idan olib chiqilgan oq sherlar ham yashamoqda. O‘shanda Xarkivdagi hayvonot bog‘idagi jonivorlar va qushlar qariyb ikki oy davomida otishmalar ostida yashagan va ularning ko‘p qismi nobud bo‘lgan. Xavfli ekaniga qaramay, hayvonot bog‘i xodimlari omon qolgan jonivorlarni olib chiqish uchun borishgan. Ayrimlarini ekopark egasi, ukrainalik biznesmen va Oliy rada deputati Aleksandr Feldman o‘z uyiga qabul qilgan, qolganlari esa mamlakatdagi boshqa hayvonot bog‘lariga, jumladan Odessaga jo‘natilgan.

O‘rdaklarga qarab turgan xonaki mushuk
Gian Marco Benedetto / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Hayvonot bog‘i xodimi kalamushni oziqlantirmoqda
Gian Marco Benedetto / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Akvariumdagi qizil quloqli toshbaqa
Gian Marco Benedetto / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

Donbassdagi ukrain jangchilarining kundalik hayoti

30 noyabr kungi brifingda Donetsk oblasti harbiy ma’muriyati rahbari Pavel Kirilenko rossiyalik harbiylar mintaqada sezilarli yutuqlarga erisha olmayotganini ma’lum qildi. «Donetsk oblastidagi vaziyat murakkab hisoblanadi, ammo barchasi nazorat ostida. Dushman o‘z hujum harakatlari bilan, himoyachilarimizning mardonavorliklari tufayli, oldinga siljiy olmayapti va muvaffaqiyatga erishmayapti», — degan Kirilenko. U shuningdek oblast hududida birorta xavfsiz joy yo‘qligini ta’kidlagan. 

Severskdagi oziq-ovqat do‘konida xarid qilayotgan ukrain harbiysi —  Slovyansk va Rossiya tomonidan bosib olingan Severodonetsk shaharlari o‘rtasida joylashgan Seversk Ukraina armiyasi nazoratida qolmoqda.
Leah Millis / Reuters / Scanpix / LETA
Ukrain harbiylari baliq ovida
Leah Millis / Reuters / Scanpix / LETA
Ukraina qurolli kuchlari jangchisi chiroq yorug‘ida oyoq kiyimini tozalamoqda
Leah Millis / Reuters / Scanpix / LETA

Ukrainaning «Buran» baravar o‘t ochish reaktiv tizimi

«Buran» baravar o‘t ochish reaktiv tizimi ukrainlar tomonidan sovetlarning BM-2 «Uragan» tizimiga muqobil sifatida ishlab chiqilgan. «Buran» sinovlari 2020 yilda o‘tkazilgan, 2022 yilda esa Ukraina qurolli kuchlari bu tizimdan frontda faol foydalana boshladi. Bu «Buran» jang maydonida qo‘llanayotgani aks etgan ilk kadrlar. Bu kadrlar Donetsk oblastida olingan.

Serhii Nuzhnenko / RFE / Radio Liberty / Reuters / Scanpix / LETA
Serhii Nuzhnenko / RFE / Radio Liberty / Reuters / Scanpix / LETA

Ukraina shaharlarida toksiz hayot

Butun Ukraina bo‘ylab elektr energiyasidan rejali o‘chirishlar davom etmoqda. Mamlakat hukumati mutaxassislarga Rossiya tomonidan zarbalar tufayli shikastlangan energiya tizimini tiklash imkonini berish uchun shunday choraga qo‘l urmoqda. Bunday zarbalar 10 oktyabr kuni boshlangan, so‘nggisi — 23 noyabr kuni berilgan.

Kiyev oblastidagi Irpin shahri aholisi vakillari o‘yin oldidan futbol darvozasiga qo‘lbola chiroq o‘rnatmoqda
Andrew Kravchenko / AP / Scanpix / LETA
Irpinda qorong‘ilikda o‘tkazilayotgan futbol o‘yini
Andrew Kravchenko / AP / Scanpix / LETA
Skripkachi Katerina Boychuk va pianinochi Yelena Jukova Kiyevdagi Arxitektorlar uyida sham yorug‘ida konsert bermoqda
Jeff J Mitchell / Getty Images
Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Top