22:18 / 03.12.2022
23683

AQSh o‘z suvosti kemalari joylashuvini Rossiyaga atayin ko‘rsatmoqda 

Qo‘shma Shtatlar bu bilan o‘z harbiy flotining dunyoning istalgan nuqtasida joylashtira olishini namoyish etyapti. 

Foto: Creative Commons

19FortyFive ma’lumotlariga ko‘ra, AQSh harbiy-dengiz kuchlari o‘z suvosti kemalari joylashuvini Rossiyaga atayin bildirib qo‘ymoqda. 

Vashington shu tariqa Xitoy, Rossiya, Eron va Shimoliy Koreyaga atom suvosti kemalarini dunyoning istalgan nuqtasiga joylashtirishi mumkinligini ko‘rsatmoqchi. 

10 noyabr kuni Ohio toifasidagi USS Michigan atom suvosti kemasi Yaponiyaning Okinava oroliga bordi. 1 noyabr kuni yana bir Ohio toifasidagi USS Rhode Island atom suvosti kemasi Gibraltarda to‘xtadi. Bundan oldinroq, yozda Rhode Island Shotlandiyadagi Qirollik dengiz flotining Clyde bazasiga suzib borgan edi. Bunga o‘xshash misollar shular bilan cheklanib qolmaydi. 

Ohio toifasidagi suvosti kemalari 20 ta Trident II D5  yadroviy raketalari bilan jihozlangan. Ular 14 tagacha yadro kallaklarini tashuvchi qit’alararo ballistik raketalar bilan jihozlangan. 

Top