10:55 / 08.12.2022
12560

Maldiv haqida 5 afsona

Suratdagi betakror orollar go‘zalligi va nafisligi bilan o‘ziga maftun qiladi va har bir kishi unga tashrif buyurishni orzu qilishi aniq. Lekin ko‘plab sayyohlarni orzudagi safarga yo‘l olishdan turli stereotiplar to‘xtatib turadi.

Foto: Asialuxe Travel

“Asialuxe Travel” kompaniyasi Maldiv haqidagi eng ko‘p tarqalgan afsonalarni yo‘q qilib, nima uchun bir qarorga kelish va eng yaqin sanaga orolga tur band qilish kerakligini tushuntirib beradi.

1-afsona: Maldiv — bu qimmat

Aslini olganda, sayohat narxi qanday Maldivni ko‘rishni xohlashingizga bog‘liq. Milliy turoperator o‘z sayohatchilariga joylashuvning hamyonbop varianti — gestxauslarni taklif qiladi. Bu mahalliy orollarda joylashgan shinam butik-mehmonxonalardir. Gestxauslar ham o‘z mehmonlariga yaxshi servis va ovqatlanish turlarini taqdim etadi, oppoq qumli plyajlar va boshqa ko‘ngilochar mashg‘ulotlar ham rezortlardagidan qolishmaydi. Bunday kompleks turistik to‘plamlar narxi bir nafar voyaga yetgan kishi uchun 13,2 mln so‘mdan boshlanadi.

 Agar siz tinch, maksimal darajada qulay bo‘lgan va “all inclusive” tizimiga ega joyda dam olishni xohlasangiz, rezort-mehmonxonalarni tanlashni tavsiya qilamiz. Narxlar bir nafar voyaga yetgan kishi uchun 25 mln so‘mdan boshlanadi.

2-afsona: Maldiv — bu juda uzoq

2022 yil 23 dekabrdan “Asialuxe Travel” milliy turoperatori va “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi Toshkent – Male – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha uzoq kutilgan charter reyslarni yo‘lga qo‘ymoqda. Shu sababli Maldiv siz o‘ylaganingizdan ko‘ra ancha yaqinroq. Qulay va xavfsiz sharoitlarda bor-yo‘g‘i 5,5 soat va siz orzudagi oroldasiz.

3-afsona: Maldiv — bu zerikarli

Maldiv orollarida barcha yoshdagilarga mos keladigan ko‘plab ko‘ngilochar mashg‘ulotlar bor. Hind okeanining boy suvosti dunyosiga sho‘ng‘ish, oroldagi turli joylarni o‘rganish, suv safarisi, baliq ovlash, oy ostida tungi sayr, SPA-muolajalar — bularning barchasi har bir xohlovchi uchun mavjud. Bolalar esa vaqtlarini bolalar klubida quvnoq o‘tkazishi yoki animatorlar bilan interaktiv mashg‘ulotlarda qatnashishlari mumkin.

4-afsona: Maldiv — bu faqat yangi turmush qurganlar uchun

Albatta, orollardagi muhabbat haqida filmlar olishadi, “Instagram”da esa juftliklarning betakror rasmlari va rilslarini ko‘rish mumkin, lekin Maldiv mutlaqo turli bo‘lishi mumkin. Sevishganlar uchun — bu sokinlik va romantika. Bolali oilaviy juftliklar uchun esa — bu barcha xizmatlarga ega to‘laqonli rezort. Quvnoq jamoalar uchun — bu ko‘plab sarguzashtlar va o‘yin-kulgi. Bu joyning katta afzalligi shundaki, bu yerda har bir kishi o‘ziga ma’qul bo‘ladigan narsani topa oladi.

5-afsona: Maldiv — bu xavfli

Maldivda hayot uchun xavfli bo‘lgan akulalar yashaydi, deb xato taxmin qilishadi. Aslini olganda, Maldivning suvosti dunyosi juda boy, qirg‘oqlarda esa mutlaqo xavfsiz akulalar suzib yurishi mumkin. Rif-akula, nurse-akula va hatto bahaybat kit-akula ham mehmondo‘st va odam uchun xavfsiz. Ayrim sayyohlar akulalar bilan suzish uchun maxsus ekskursiyalar ham xarid qilishadi.

Uzoq kutilgan ta’til uchun Maldiv orollarini tanlab, o‘nlab yaxshi va noqulay taraflarni uchratish mumkin. Lekin bir narsa aniq — Maldivni har bir kishi o‘z hayotida hech bo‘lmasa bir marta ko‘rishi kerak.

Yo‘nalishlar, narxlar va parvoz shartlari haqidagi batafsil ma’lumotni asialuxe.uz sayti va (+998) 71 211-22-22, +998712017777 telefon raqamlari orqali olishingiz mumkin.

Turistik to‘plamlarni band qilishda maksimal qulaylik uchun “Google Play” va “AppStore” orqali “Asialuxe Travel” mobil ilovasini yuklab oling.

Maldivga turistik to‘plamlarni “Asialuxe Travel” kompaniyasining sotuv ofislarida va O‘zbekistonning barcha turistik agentliklarida topishingiz mumkin.

Asialuxe Travel – sizning milliy turoperatoringiz!

Telefonlar: +998712112222+998712017777

Sayt: asialuxe.uz

Telegram-kanal: https://t.me/Asialuxe

Telegram/qaynoq turlar: t.me/asialuxehottours

Facebook: fb.com/asia.luxe.travel

Instagram: @asialuxe.travel

Reklama huquqi asosida

Top