22:27 / 09.12.2022
22766

Sayohat uchun eng xavfli va xavfsiz davlatlar ro‘yxati e’lon qilindi 

Singapur, Daniya va Niderlandiya sayohat uchun eng xavfsiz mamlakatlar deb topildi. 

Kamboja / Foto: Getty Images

Sayohat uchun mamlakatni tanlash ko‘p jihatdan xavfsizlik darajasiga bog‘liq. The Swiftest kompaniyasining tadqiqot guruhi turli mamlakatlarning xavfsizlik parametrlarini tahlil qilib, «Sayohat xavfsizligi indeksini» tuzdi. 

«Sayohat xavfsizligi indeksi» quyidagi omillar asosida hisoblab chiqilgan: qotilliklar soni, yo‘l-transport hodisalarida o‘limning taxminiy darajasi, qasddan bo‘lmagan zaharlanish bilan bog‘liq o‘lim darajasi, sanitariya, xavfsiz suv va tegishli gigiyena yo‘qligi bilan bog‘liq o‘lim darajasi, yuqumli kasalliklar, nogironlik bilan bog‘liq jarohatlar, tabiiy ofatlar xavfi. 

Shu asosda eng xavfsiz 10 ta davlat ro‘yxatini Singapur boshqarmoqda. Bu mamlakatda qotillik, yo‘l-transport hodisalari yoki tabiiy ofatlar xavfi deyarli yo‘q. Singapurda jinoyatchilik darajasi boshqa mamlakatlarga qaraganda ancha past. Politsiya nazorati yuqori darajada va jinoyatlar uchun jazolar qattiq. 

Eng xavfsiz 10 ta davlat:

Singapur

Daniya

Niderlandiya

Shveytsariya

Isroil

Shvetsiya

Avstriya

Irlandiya

Italiya

Germaniya 

Eng xavfli davlatlar:

Janubiy Afrika

Hindiston

Dominika Respublikasi

Meksika

Braziliya

Kamboja

Filippin

Saudiya Arabistoni

Vetnam

Indoneziya 

Top