Qarshi aeroporti faoliyati noqulay ob-havo tufayli vaqtincha cheklandi. Bu haqda Uzbekistan Airports xabar berdi.
Ko‘rish chegarasining pasayishi (400 m), tuman va kuchli shamol «Azimut» aviakompaniyasi reysini Samarqanddagi muqobil aerodromga yo‘naltirilishiga sabab bo‘ldi.
Noqulay ob-havo sharoiti tufayli Rossiyaning «Azimut» aviakompaniyasiga tegishli, Moskvadan Qarshiga yo‘l olgan A47095 reysi Samarqand aeroportiga yo‘naltirilgan.
Mahalliy vaqt bilan soat 07:15 da bortida 100 nafar yo‘lovchi bo‘lgan samolyot aeroportga kelib qo‘ngan.
Ob-havo yaxshilanishi bilan reys Samarqanddan Qarshiga jo‘nab ketish kutilmoqda.