08:07 / 15.12.2022
3381

AQShda bazaviy hisoblash stavkasi 4,25 foizga ko‘tarildi

AQShda hisoblash stavkasi yana oshirildi, biroq inflatsiyaning sekinlashuvi tufayli uning o‘sish sur’ati sekinlashdi.

Foto: Getty Images

AQSh Federal zaxira tizimi 14 dekabr, seshanba kuni kutilganidek, bazaviy hisoblash stavkasini yillik 3,75-4 foizdan yillik 4,25-4,5 foizgacha - 50 bazaviy punktga oshirdi.

Bu haqda Federal ochiq bozorlar qo‘mitasi (FOMC) press-relizida aytiladi. Hozirgacha Federal zaxira tizimi hisoblash stavkasini Qo‘shma Shtatlardagi yuqori inflatsiya tufayli ketma-ket to‘rt marta 75 bazaviy punktga oshirdi. 

Biroq, narxlar o‘sishining sekinlashishi sababli, hisoblash stavkasini oshirish sur’atini kamaytirishga qaror qilindi.

Yil boshidan beri AQSh Federal zaxira tizimi hisoblash stavkasini yetti marta oshirdi.

Top