08:55 / 21.12.2022
18692

OAV: Putinning «maxsus harbiy operatsiya zonasi»dagi videosi Rostovda olingan

Putinning Kreml xabar qilgan «maxsus operatsiya zonasi»ga tashrifi chog‘ida prezident aslida Rostov-Dondagi Janubiy harbiy okrugi qarorgohida bo‘lgan, deb yozadi Kreml matbuot xizmatining rasmiy videosini tahlil qilgan "Agenstvo" nashri.

Foto: TASS

Janubiy harbiy okrug shtab-kvartirasidagi katta davra suhbati va binolarning ichki ko‘rinishi Putinning shtabga tashrifi chog‘ida ko‘rilgan narsaga mos keladi

Noyabr oyida mudofaa vaziri Sergey Shoygu ham xuddi shu shtabga tashrif buyurgan edi. O‘shanda ham vazirning «maxsus operatsiya zonasida» bo‘lgani aytilgan.

Kreml Putinning harbiy harakatlar hududiga tashrifini Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy so‘nggi bir necha hafta davomida shiddatli janglar davom etayotgan Baxmutga e’lon qilinmagan tashrif bilan borganidan bir necha soat o‘tib e’lon qildi.

Bundan oldin Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov «Rossiyskaya gazeta» nashriga bergan intervyusida prezident Vladimir Putin harbiy amaliyotlar hududida bo‘lgani va u yerdagi qo‘shinlar qo‘mondonlari bilan suhbatlashganini aytgandi.

17 dekabr kuni Kreml matbuot xizmati prezident Ukrainadagi harbiy amaliyotda ishtirok etayotgan harbiy qism shtabida kun bo‘yi ishlaganini ma’lum qilgan, ammo, urush hududida bo‘lganiga aniqlik kiritmagan edi.

Shundan so‘ng, Davlat dumasi deputati Andrey Gurulyov TV efirida prezident jangovar hududda bo‘lganini ma’lum qildi.

Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Top