22:23 / 22.12.2022
8756

Xorazmda yer qonunchiligini buzish bilan bog‘liq jarimalar 10 mlrd so‘mdan oshdi 

So‘nggi 11 oy davomida 3,5 mingdan ortiq qonunbuzarlik qayd etilgan. 

2022 yilning 11 oyi davomida Xorazm viloyatida yer qonunchiligini buzish bilan bog‘liq 3 552 ta holat aniqlangan. Bu haqda DSQ huzuridagi Kadastr agentligi xabar berdi. 

Aniqlangan holatlar bo‘yicha 10,8 mlrd so‘mlik ma’muriy jarimalar hisoblangan bo‘lib, shundan qariyb 4 mlrd so‘mi undirib olingan. 3,9 mlrd so‘m jarima undirish uchun Majburiy ijro byurosiga yuborilgan. 

Eng ko‘p qonunbuzarliklar Tuproqqal’a tumanida (401 ta holatda qariyb 1,6 mlrd so‘m jarima), Hazorasp tumanida (394 ta holatda 980 mln so‘m jarima), Urganch tumanida (344 ta holatda 1,2 mlrd so‘m jarima) va Xonqa tumanida (332 ta holatda 1,1 mlrd so‘m jarima) qayd etilgan. 

Mavzuga oid
Top