14:55 / 25.12.2022
24594

Xersondagi bozor o‘qqa tutilishi oqibatlari, frontda bayram qilayotgan askarlar. Urush suratlari

Urushning 304-kunidagi asosiy ma’lumotlar:

  • Xerson markazi raketa zarbalariga uchradi. Mahalliy rasmiylarning so‘nggi ma’lumotiga ko‘ra, 16 kishi halok bo‘lib, yana 68 kishi jabrlangan.
  • Xarkivda A.S. Pushkin nomidagi rus akademik teatri qayta nomlandi. Yangi nomda «rus» va shoir nomi yo‘qolib qolgan.
  • Mahalliy ombudsmen ma’lumotiga ko‘ra, «DXR»da yil boshidan buyon 1089 nafar tinch aholi vakili halok bo‘lgan. «Mojyem ob’yasnit» kanali bu raqamlarni yaqinda annexia qilingan «xalq respublika»larida 2014 yildan «maxsus amaliyot» boshlangunga qadar qurbon bo‘lganlar soni bilan solishtirgan: sakkiz yil ichida, BMT rasmiy ma’lumotlariga ko‘ra, 3404 kishi halok bo‘lgandi.
  • Ukraina madaniyat va axboriy siyosat vazirligi «Diya» davlat raqamli xizmatlarida so‘rov o‘tkazmoqda, unda ukrainlar Rojdestvoni qaysi kunda nishonlashni ma’qul ko‘rishi so‘raladi: hozirgi 25 dekabr yoki 7 yanvarda (nafaqat ko‘plab ukrain pravoslavlari, balki grek-katoliklari ham shu sanaga amal qiladi).

Quyida 24 dekabr kuni Ukrainaning turli hududlarida olingan suratlar.

Kunning asosiy voqeasi. Xersonning o‘qqa tutilishi

Yaqinda okkupatsiyadan ozod etilgan Xersonga shanba kuni Rossiya tomonidan yoppasiga raketa zarbalari yo‘llandi. Shahar bo‘ylab 74 ta raketa uchib kelgan. Raketalarning bir qismi shahardagi bozor hududiga kelib tushgan. Mahalliy rasmiylarning so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, 16 kishi halok bo‘lib, 68 kishi jabrlangan. Rossiya hukumati bu hodisa yuzasidan rasman izoh bermadi, ammo Kreml ta’siridagi manbalar, jumladan Xerson oblastining okkupatsion hukumati rahbari Vladimir Saldo bunda Ukraina qurolli kuchlarini aybladi. Oblastning Ukraina tomonidan tayinlangan ma’muriyati xersonliklarni, ayniqsa Dnepr sohilida yashovchilarni evakuatsiya bo‘lishga chaqirdi, chunki bu hudud Rossiya tomonidan eng ko‘p zarbalarga uchraydi va amalda bu joylarni issiqlik va elektr energiyasi bilan ta’minlashning imkoni yo‘q.

Xerson o‘qqa tutilishi vaqtida jarohatlanganlardan biri tez yordam zambilida
Dimitar Dilkoff / AFP / Scanpix / LETA
Haydovchisi raketa zarbasi oqibatida halok bo‘lgan avtomobil yonida o‘tayotgan ukrainalik politsiyachi
Dimitar Dilkoff / AFP / Scanpix / LETA
Dimitar Dilkoff / AFP / Scanpix / LETA
Dimitar Dilkoff / AFP / Scanpix / LETA
Dimitar Dilkoff / AFP / Scanpix / LETA
Xersonga raketa zarbalari berilishi oqibatida halok bo‘lganlarning jasadlari
Dimitar Dilkoff / AFP / Scanpix / LETA

Kiyevda «Azov» polki jangchilarining qarindoshlari uyushtirgan aksiya  

«Azov» polkining asirlikdagi a’zolarining yaqinlari va ularni qo‘llab-quvvatlovchi guruh Kiyevdagi Mustaqillik maydonida tashkil etilgan «Asirlikdagi Rojdestvo» nomi ostidagi ko‘rgazmada. Aksiya «Azov»ning hamor Rossiya asirligida qolayotgan jangchilarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida o‘tkazildi. 
Gleb Garanich / Reuters / Scanpix / LETA

Baxmutdagi hayot

Baxmutda artilleriya zarbasini yo‘naltiruvchi drondan yashirinayotgan ukrainalik harbiy xizmatchilar
Pierre Crom / Getty Images
Baxmutda yashovchi Lyudmila vayron bo‘lgan ko‘prik orqali daryo irmog‘ini kechib o‘tmoqda
Pierre Crom / Getty Images
Baxmut aholisi vakili ovqat pishirish va isinish uchun daraxt shoxlaridan o‘tin tayyorlamoqda. Bir necha oydan buyon muntazam ravishda o‘qqa tutilayotgan ushbu shaharda anchadan buyon suv, issiqlik va elektr energiyasi yo‘q
Pierre Crom / Getty Images
Baxmutda yashovchilar manqalda ovqat tayyorlamoqda
Pierre Crom / Getty Images
Baxmut aholisi vakillari gumanitar markazdagi yangi yil archasi oldida telefonlarini quvvatlantirmoqda
Pierre Crom / Getty Images

Frontdagi Rojdestvo 

Xarkiv oblastida Rossiya bilan chegara yaqinidagi pozitsiyada polk kapellani Ukraina Milliy gvardiyasi jangchisini cho‘qintirmoqda. Ukrainadagi pravoslavlarning ko‘pchilik qismi Rojdestvoni Yulian taqvimi bo‘yicha 7 yanvarda nishonlaydi, ammo bu yilda ularning bir qismi 25 dekabrda nishonlashga o‘tdi.
Sergey Kozlov / EPA / Scanpix / LETA
Alohida topshiriqli «Dnepr-1» patrul polki askari Rafael Karapetyan Baxmutdagi front chizig‘idagi okopga bezatilgan archani olib bormoqda
Clodagh Kilcoyne / Reuters / Scanpix / LETA
Xarkiv qo‘g‘irchoq teatri artisti oblast shimolidagi pozitsiyalarda Ukraina milliy gvardiyasi jangchilari uchun Rojdestvo tomoshalari ko‘rsatmoqda. Foto: Sergey Bobok / AFP / Scanpix / LETA
Alohida topshiriqli «Dnepr-1» patrul polki politsiyasi jangchilari Baxmutdagi front chizig‘ida Rojdestvo dasturxonida ovqatlanishmoqda
Clodagh Kilcoyne / Reuters / Scanpix / LETA

 

Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top