Qalin tuman tufayli ko‘rish chegarasining pasayishi (125 m) Namangan xalqaro aeroporti faoliyatini cheklab qo‘ydi.
Namangandagi noqulay sharoit tufayli Moskva — Namangan yo‘nalishi bo‘yicha Red Wings aviakompaniyasining WZ4483 reysi Samarqanddagi muqobil aerodromga yo‘naltirildi.
Uzbekistan Airways aviakompaniyasining HY9806/9829 reysi esa (Samara — Namangan — Yekaterinburg) Farg‘ona xalqaro aeroportidan amalga oshiriladi.
Namangan aeroportining xabar berishicha, yaqin soatlarda ob-havo sharoiti yaxshilanishi kutilmoqda.
Yo‘lovchilar parvozlar jadvalidagi o‘zgarishlar to‘g‘risidagi batafsil ma’lumotlarni aviatashuvchilardan olishlari mumkin.