09:38 / 26.12.2022
18594

Toshkentda Tracker bilan to‘qnashgan tez yordam mashinasi ag‘darilib ketdi

Toshkent shahrining Shayxontohur tumanida tez yordam mashinasi ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. 

Poytaxt IIBB YHXB axborot xizmati xabariga ko‘ra, 2022 yil 26 dekabr kuni soat 03:30 larda Shayxontohur tumani Sebzor ko‘chasida yo‘l-transport hodisasi kuzatilgan.

Haydovchilar: 1963 yilda tug‘ilgan N.A. boshqaruvidagi Ford rusumli tez yordam transport vositasi va 1994 yilda tug‘ilgan L.Sh. boshqaruvidagi Tracker rusumli transport vositalari ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

Yo‘l-transport hodisasi oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.

Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan surishtiruv ishlari amalga oshirilmoqda.

Mavzuga oid
Top