19:52 / 27.12.2022
11883

Ilon Mask: 100 ga yaqin Starlink sun’iy yo‘ldoshlari Eronni Internet bilan ta’minlayapti

SpaceX rahbarining aytishicha, uning kompaniyasi hozir Eron hududida 100 ga yaqin faol Starlink aloqa sun’iy yo‘ldoshlariga ega.

Foto: AP

SpaceX hozirda Eron ustida 100 ga yaqin faol Starlink sun’iy yo‘ldoshlariga ega. Ular mamlakatni internet bilan ta’minlamoqda. Bu haqda SpaceX bosh direktori Ilon Mask ijtimoiy tarmoqda ma’lum qildi.

Avvalroq Mask Erondagi namoyishchilar o‘rtasida aloqani ta’minlash uchun Starlink sun’iy yo‘ldoshlarini joylashtirishini aytgan edi.

Starlink — global sun’iy yo‘ldosh tizimi bo‘lib, ishonchsiz, qimmat yoki umuman aloqa yo‘q joylarda yuqori tezlikdagi keng polosali internetni taklif etish uchun SpaceX kompaniyasi tomonidan tashkil qilingan.

Hozirgi vaqtda Yer orbitasida joylashgan 3200 dan ortiq SpaceX Starlink sun’iy yo‘ldoshlari dunyoning eng chekka burchaklariga yuqori tezlikdagi va keng polosali internetni taqdim etadi.

SpaceX Yer orbitasida 12 mingta sun’iy yo‘ldosh tarmog‘ini qurishni maqsad qilgan. Loyihani 2027 yilda yakunlash rejalashtirilgan.

Top