Namangan viloyatining Kosonsoy tumanidagi xonadonlardan birida ikki kishi o‘limiga sabab bo‘lgan yong‘in ro‘y berdi. Viloyat FVB matbuot xizmatining xabar qilishicha, yong‘in 2023 yil 1 yanvar kuni soat 5:00 da Kosonsoy tumani «Navbahor» MFY hududidagi xonadonlarning birida sodir bo‘lgan. Oqibatda uyning shift qismidan 20 kvadrat metr joyi hamda uy jihozlari yonib zararlangan.
Yong‘in vaqtida xonadon egasining o‘g‘li — 1994 yilda tug‘ilgan erkak va uning turmush o‘rtog‘i, 1995 yilda tug‘ilgan ayolning kuygan holdagi jasadi topilgan.
Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
31 dekabrdan 1 yanvarga o‘tar kechasi Namangan viloyatining Chust, Namangan va Norin tumanlarida ham yong‘inlar yuz bergan. Bu holatlarda qurbonlar yo‘q.