00:43 / 08.01.2023
14360

Gretsiya Turkiya bilan chegara bo‘ylab devor qurishga qaror qildi

Gretsiya butun Turkiya bilan chegara bo‘ylab panjara quradi. Afina shu yo‘l bilan Gretsiyaga noqonuniy migratsiyani to‘xtatishga umid qilmoqda.

Foto: Alexandros Avramidis / Reuters

Gretsiya hukumati Turkiya bilan chegaraning butun uzunligi bo‘ylab, Evros daryosi (turkcha Merich) qirg‘og‘ida devor qurishga qaror qildi, dedi Gretsiya fuqarolarni himoya qilish vaziri Takis Teodorikakos SKAI telekanali efirida.

Devorning umumiy uzunligi 140 km bo‘lishi mumkin. Hukumat zudlik bilan chegaraning markaziy qismida 35 km uzunlikdagi uchastkani qurish haqida qaror qabul qilgan. Qurilish budjeti 100 million yevroni tashkil etadi, ish Moliya vazirligi bilan kelishilganidan keyin boshlanadi.

Afina Turkiyadan muhojirlarning noqonuniy oqimini devor bilan to‘xtatishga umid qilmoqda. 2022 yilda Gretsiya politsiyasi 256 ming kishining mamlakatga noqonuniy kirishini to‘xtatdi, dedi Teodorikakos.

Evros - Bolqon yarimorolidagi eng yirik daryolardan biri. Daryo bo‘ylab devorning bir qismi allaqachon qurilgan: 2020 yilda chegaradagi vaziyat keskinlashganidan so‘ng ish jadallashgan edi. 2022 yil 23 avgust holatiga ko‘ra, 40 km uzunlikdagi panjara qurilishi tugatildi. AP agentligiga ko‘ra, Afina Turkiyani vaziyatni beqarorlashtirish maqsadida muhojirlarni ataylab Gretsiyaga jo‘natayotganlikda ayblab keladi.

Top