07:58 / 09.01.2023
9474

ISW: Baxmutning rus qo‘shinlari tomonidan o‘rab olinishi dargumon

Rus qo‘shinlarining Soledardagi muvaffaqiyatlari, rus manbalarining bayonotlariga zid ravishda, Baxmutning yaqinda qurshovga olinishini ko‘rsatmaydi, deb yozadi Amerika urushni o‘rganish instituti (ISW). 

Foto: Reuters

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, Baxmutdagi Ukraina quruqlik liniyalarini samarali ravishda kesish uchun rus kuchlari hech bo‘lmaganda Seversk-Baxmut magistralini nazorat qilishlari va Slavyansk-Baxmut magistraliga yetib borishlari kerak. 

«So‘nggi paytlarda ushbu sektorda bir necha yuz metr oldinga siljish tezligi kuniga maksimal bir necha yuz metrni tashkil etganini hisobga olsak, Rossiya qo‘shinlari ushbu tayanch punktlariga yurishni muvofiqlashtirishi va Baxmutni o‘rab olishga harakat qilishlari ehtimoldan uzoq», - deyiladi institut hisobotida. 

Bundan oldin Oq uy vakiliga tayanib, Reuters agentligi Rossiya prezidenti Vladimir Putinga yaqin bo‘lgan "Vagner" XHK asoschisi Yevgeniy Prigojin Baxmut shahri yaqinidagi tuz va gips konlarini o‘z nazoratiga olmoqchi ekani haqida xabar bergandi.

Vashingtonda «Baxmutga bo‘lgan vasvasa pul bilan bog‘liq», deb hisoblashga asos bor, dedi manba. Baxmut yaqinida, xususan, Yevropadagi eng yirik tuz koni - Artemovskoye joylashgan.

Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Top