12:26 / 14.01.2023
4820

Qo‘qon shahrida turizm ko‘chasi tashkil etildi

Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida turizm ko‘chasi tashkil etildi.

Foto: Dunyo

2022 yil Farg‘ona viloyatining qator shahar-tumanlarida tashkil etilgan turizm qishloqlari va ko‘chalarida sayyohlar uchun milliylikka uyg‘un ravishda jahon andozalari darajasidagi shart-sharoitlar yaratilib, turistik marshrutlar soni kengaytirildi.

«O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!» dasturi doirasida viloyatga 1 million 482 ming 100 nafar sayyoh keldi. Xorijlik sayyohlar soni esa 256 mingdan oshdi. Ularga 76 ta turoperator tomonidan xizmat ko‘rsatildi. Yil davomida turizm eksporti xajmi 46,5 million AQSh dollarini tashkil etdi.

Joriy yil Qo‘qon shahrida Xalqaro hunarmandchilik festivali va Rishton tumanida Xalqaro kulolchilik festivalini o‘tkazishga tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. Belgilangan rejaga ko‘ra, ushbu ikki hududda turizmni rivojlantirishga xizmat qiluvchi bir necha obektlarni foydalanishga topshirish ko‘zda tutilgan.

Top