12:43 / 18.01.2023
9661

O‘zbekiston xalq artisti Hakim Zaripov 99 yoshida vafot etdi

Hakim Zaripov / Foto: Kun.uz

O‘zbekiston xalq artisti, sirk ustasi Hakim Karimovich Zaripov 99 yoshida vafot etdi. Bu haqda Madaniyat vazirligi xabar tarqatdi.

Hakim Zaripov 1924 yilning 17 sentabrida Toshkent shahrida tug‘ilgan. U 1947 yilda O‘zbekiston davlat konservatoriyasini tamomlagan.

O‘z mehnat faoliyatini 1942 yilda «O‘zbek davlat sirki» respublika birlashmasida chavandoz sifatida boshlagan Hakim Zaripov sirk san’ati sirlarini yoshlarga o‘rgatib, yarim asrdan ziyod jahon arenasida tomosha ko‘rsatib kelayotgan Zaripovlar sulolasi vakillaridan biri edi.

X.Zaripov umri davomida sirk manejida «yashadi» va 1946-1997 yillar davomida sirk san’atining ustasi, iqtidorli chavandozi, hayvon o‘rgatuvchisi, masxaraboz, kino aktyori, kaskadyor sifatida jahon sirki tarixidan munosib o‘rin egalladi.

Hakim Zaripov o‘zbek sirki san’atini rivojlantirishga katta hissa qo‘shgan usta, badiiy va ijodiy guruh rahbari, otasining ishini munosib davom ettirgan, respublika va jahon miqyosida o‘tkazilgan tomoshalarda qatnashib, O‘zbekiston bayrog‘ini yuqoriga ko‘targan, butun dunyoga o‘zbek sirkini tanishtirgan artist sifatida el-yurt hurmatiga sazovor bo‘lgan mehnat faxriysi edi.

Top