2 fevraldan Rossiyaning Novosibirsk shahriga xalqaro poyezdlar qatnovi boshlanadi. 2020 yilda pandemiya tufayli to‘xtatilgan yo‘nalishning harakat jadvallari tasdiqlandi.
“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJning Kun.uz’ga ma’lum qilishicha, Toshkent–Novosibirsk yo‘nalishidagi qatnov yil oxirigacha har oyda tashkil qilinadi.
369-sonli Toshkent–Novosibirsk yo‘nalishidagi poyezd poytaxtdan 16:05da quyidagi sanalarda jo‘nab ketishi belgilangan:
- 2-, 10-, 18-, 26 fevral;
- 2-, 6-, 10-, 14-, 18-, 22-, 26-, 31 mart;
- 4-, 8-, 12 aprel;
- 6-, 14-, 31 may;
- 4-, 12-, 20-, 28 iyun;
- 6-, 14-, 22-, 31 iyul;
- 8-, 16-, 24 avgust;
- 2-, 6-, 26 sentabr;
- 12-, 24-, 28 oktyabr;
- 2-, 6-, 10-, 14-, 18-, 22-, 26-, 30 noyabr;
- 4 dekabr.
Novosibirskdan qaytadigan 370-sonli poyezd esa quyidagi sanalarda harakatlanadi:
- 5-, 13-, 21 fevral;
- 1-, 5-, 9-, 13-, 17-, 21-, 25-, 29 mart;
- 3-, 7-, 11-, 15 aprel;
- 9-, 17 may;
- 3-, 7-, 15-, 23 iyun;
- 1-, 9-, 17-, 25 iyul;
- 3-, 11-, 19-, 27 avgust;
- 5-, 9-, 29 sentabr;
- 15-, 27-, 31 oktyabr;
- 5-, 9-, 13-, 17-, 21-, 25-, 29 noyabr;
- 3-, 7 dekabr.
Eslatib o‘tamiz, chiptalarni nafaqat temiryo‘l kassalari, balki elektron ko‘rinishda Chipta.railway.uz sayti orqali sotib olish mumkin.