22:46 / 25.01.2023
13534

AQSh Ukrainaga Abrams tanklari yetkazib berishini e’lon qildi 

Shuningdek, ularga texnik xizmat ko‘rsatuvchi mashinalar ham yetkaziladi. 

Foto: Reuters

AQSh prezidenti ma’muriyati Ukraina qurolli kuchlariga 31 ta M1 Abrams tanki, shuningdek, bu tanklarga xizmat ko‘rsatuvchi 8 ta zirhli M88 mashinalari yuborilishini e’lon qildi. 

«31 ta M1 Abrams tankini jo‘natish haqidagi bugungi qaror Ukrainaga o‘zini yaxshiroq himoya qilishda davom etishi uchun zarur bo‘lgan imkoniyatlarni berish borasidagi sa’y-harakatlarimizning davomidir», dedi AQSh ma’muriyati rasmiysi maxsus brifingda. Uning ta’kidlashicha, 31 ta M1 Abrams tanki Ukrainaning bitta tank bataloniga teng. 

Amerika rasmiysiga ko‘ra, bu harakat Ukrainani qo‘llab-quvvatlashda xalqaro hamjamiyatning hamjihatligidan dalolat beradi. Bugun erta tongda Germaniya hukumati Ukrainaga 14 ta Leopard 2 tanki jo‘natilishini e’lon qilgan edi. Ukraina qurolli kuchlari ularni 3-4 oy ichida qabul qilib oladi. 

Politico nashrining AQSh ma’muriyatidagi manbasiga ko‘ra, avvalroq Vashington Abrams tanklarini logistika va texnik xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq muammolar tufayli Ukrainaga topshirishdan bosh tortib kelayotgan edi. The Wall Street Journal fikriga ko‘ra, AQSh Germaniyani Leopard tanklarini berishga ko‘ndirish uchun Ukrainaga Abrams tanklarini yuborishga qaror qilgan. 

Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top