20:06 / 27.01.2023
12125

Afg‘oniston O‘zbekistondan elektr energiyasi yetkazib berish qayta tiklanganini e’lon qildi 

Hozirda Afg‘onistonga 100 MVt elektr energiyasi yetkazib berilayotgani aytildi. 

Foto: AFP

O‘zbekiston Afg‘onistonga elektr energiyasi yetkazib berishni tikladi. Bu haqda Afg‘onistonning Da Afghanistan Breshna Sherkat (DABS) Kobul viloyatidagi filiali rahbari Hikmatulla Oxundzoda ma’lum qildi, deb xabar berdi TOLOnews

Shu bilan birga, Oxundzoda afg‘onlar va’da qilingan 250 MVt o‘rniga faqat 100 MVt quvvat olayotganini, shundan 90 MVt quvvat Kobul shahriga sarflanayotganini ta’kidladi. 

O‘z navbatida, Afg‘oniston Sanoat va tog‘-kon palatasi rahbari o‘rinbosari Saxiy-Ahmad Paymon so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston elektr energiyasi yetkazib berishni to‘xtatgan vaqtda Kobul sanoat parklarida joylashgan korxonalarning 90 foizi o‘z faoliyatini to‘xtatgan.

Yanvar oyi o‘rtalarida O‘zbekistondan Afg‘onistonga elektr energiyasi yetkazib berish to‘xtatildi. «O‘zbekiston Milliy elektr tarmoqlari» davlat korxonasi ma’lumotlariga ko‘ra, haroratning keskin pasayib ketishi tufayli issiqlik elektr stansiyalarini yoqilg‘i bilan ta’minlashda muammolar yuzaga kelgani sababli elektr energiyasi eksporti to‘xtatilgan edi. 

Top