13:28 / 27.01.2023
7753

Yaponiya Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kengaytirdi

Yaponiya Rossiyaga nisbatan joriy etgan sanksiyalarni kengaytirdi. 

Foto: KAMAZ

27 yanvardan boshlab 22 jismoniy shaxs va uchta tashkilot - "Irkut" samolyot ishlab chiqaruvchi kompaniyasi, "Avangard" Moskva mashinasozlik zavodi va "KamAZ" aktivlari muzlatiladi.

3 fevraldan boshlab Rossiya Federatsiyasiga robotlar, radioaktiv materiallar, shuningdek, yadroviy inshootlar, neft va tabiiy gazni qidirish uskunalari eksporti taqiqlanadi. 

Bundan tashqari, ro‘yxatga portlovchi moddalarni aniqlash uchun uskunalar, portativ generatorlar, lazerli payvandlash mashinalari kiradi. 

Shu kundan boshlab Rossiyaga vaksinalar va tibbiy asbob-uskunalarni sotish taqiqlanadi. Eksport cheklovlari 49 ta tashkilotga ta’sir qiladi.

Avvalroq Yevropa Ittifoqi Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushini qo‘llab-quvvatlagani uchun Belarusga qarshi yangi sanksiyalar paketini tayyorlashi xabar qilingandi.

Bu chora-tadbirlar asosan YeI tomonidan Moskvaga nisbatan qo‘yilgan cheklovlar, jumladan, asosiy texnologiyalar va energetika sohasiga tegishli cheklovlarni takrorlaydi. 

Boshqa narsalar qatorida: harbiy maqsadlarda qo‘llanadigan ikki maqsadli tovarlar va texnologiyalarni Belarusga yetkazib berishga embargo; qimmatbaho tovarlar, investitsiyalar va ayrim xizmatlarni ko‘rsatish bo‘yicha savdo cheklovlari; Belarusga neft, ko‘mir, po‘lat mahsulotlari va oltin sotishni taqiqlash.

Mavzuga oid
Top