08:14 / 30.01.2023
11036

Toshkentda ta’lim sohasi xodimlari korrupsiya bo‘yicha eng ko‘p jinoiy javobgarlikka tortildi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudlari tomonidan 2022 yil davomida 12 141 nafar shaxsga nisbatan 9 807 ta jinoyat ishlari ko‘rib tamomlangan. 

Sudlar tomonidan 2022 yil davomida jami 161 nafar shaxsga nisbatan oqlov qarorlari chiqarilgan, 2 321 ta holatda tergov organi tomonidan asossiz qo‘yilgan moddalar ayblovdan chiqarilgan.

Jinoyat oqibatida yetkazilgan 293,4 mlrd so‘mdan ortiq moddiy zararning o‘rnini qoplagan 1 109 nafar shaxsga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolar tayinlangan, 1 759 nafar shaxs sud zalida qamoqdan ozod qilingan. 

Jinoyat ishlarining 4 851 tasi ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan, 2 405 tasi uncha og‘ir bo‘lmagan, 4 337 tasi og‘ir va 548 tasi o‘ta og‘ir toifadagi jinoyatlarni tashkil etgan.

Sohalar bo‘yicha qaralsa, korrupsiyaga oid ko‘rib tamomlangan ishlar bo‘yicha shaxslar toifasida:

  • ta’lim sohasida 32 nafar shaxs;
  • sog‘liqni saqlash sohasida 16 nafar shaxs;
  • bank yo‘nalishi bo‘yicha 7 nafar shaxslar jinoiy javobgarlikka tortilgan.

Sudlangan shaxslarning 1 063 nafariga jarima, 2 398 nafariga axloq tuzatish ishlari, 1 713 nafariga ozodlikni cheklash, 3 710 nafariga ozodlikdan mahrum qilish, 121 nafariga majburiy jamoat ishlari jazosi tayinlangan bo‘lsa, 331 nafar shaxs shartli hukm qilingan.

Sudlanganlarning 1016 nafarini ayollar, 246 nafarini voyaga yetmaganlar, 381 nafarini yoshlar, 238 nafarini 60 yoshdan oshgan erkaklar, 106 nafarini chet el fuqarolari, 8 nafarini tadbirkorlar tashkil etgan.

2 245 nafar muqaddam sudlangan shaxslar tomonidan takroran jinoyat sodir etilgan.

Top