16:00 / 31.01.2023
27914

Ukrainaga kelayotgan texnikalar va Baxmutda qolganlar hayoti. Urush suratlari

 Ukrainada urushning 341-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar

  • RF mudofaa vazirligi tayyorlagan buyruq loyihasiga ko‘ra, vazirlik ko‘ngilli tuzilmalar»ni qurol-yarog‘, jihozlar, kiyim-kechak, oziq-ovqat bilan ta’minlash, shuningdek, ularning a’zolariga tibbiy yordam ko‘rsatishni o‘z zimmasiga oladi.
  • Rossiya va Belarus qo‘shma harbiy mashg‘ulot boshladi. Belarus mudofaa vazirligiga ko‘ra, harbiy xizmatchilar «so‘nggi yillardagi qurolli to‘qnashuvlar tajribasidan kelib chiqqan holda qo‘shinlardan foydalanishni birgalikda rejalashtirish masalalarini ishlab chiqishadi».
  • Amerikadagi Urushlarni tadqiq etish instituti (ISW) ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya qo‘shini Ukrainada yangi yurish boshlashga tayyorlanmoqda. NATO bosh kotibi Yyens Stoltenbergning hisoblashicha, Rossiya yana 200 ming kishini safarbar etishi va Eron hamda KXDRdan qurol-yarog‘ olishda davom etishi mumkin. Ukraina quruqlik kuchlari Zaxira kengashi rahbari Ivan Timochkoning hisoblashicha, Rossiya qurolli kuchlari bo‘lajak hujum uchun Donbassda o‘z guruhlarini kuchaytirmoqda.
  • AQSh Ukrainaga Bradley rusumli jangovar piyodalar mashinalarining ilk partiyasini jo‘natdi. Bu partiya 60 dan ortiq mashinani o‘z ichiga olgan. Shu bilan birga, Jo Bayden AQSh Ukrainaga F-16 rusumli qiruvchi samolyotlarini jo‘natmoqchi emasligini bildirdi. Emmanuel Makron esa, «hech narsa taqiqlanmagani» va Fransiya Ukrainaga harbiy samolyotlar yuborishi mumkinligini aytgan.

Amerikaliklarning Ukrainaga yuborilayotgan harbiy texnikalari

30 yanvar kuni AQSh Bradley rusumli jangovar piyodalar mashinalarining ilk partiyasini Ukrainaga jo‘natdi — bu texnikalar Vashington yanvar oyi boshida e’lon qilgan 2,85 milliard dollarlik harbiy yordam paketiga kiradi. Bradley Amerika armiyasiga 1981 yilda topshirilgan va Afg‘onistondagi urushda (1979–1989), shuningdek Fors ko‘rfazi (1990–1991) va Iroqdagi (2003–2011) urushlarda qo‘llangan.

Janubiy Karolina shtati Shimoliy Charlston shahridagi transport dokida Bradley rusumli jangovar piyodalar mashinalari
U.S. Transportation Command / Oz Suguitan / Reuters / Scanpix / LETA

Baxmutda halok bo‘lgan ukrain harbiysining dafn marosimi 

Ukrainalik harbiylar «Azov» batalonining 28 yoshli jangchisi, Baxmutdagi janglar vaqtida halok bo‘lgan Oleksandr Korovniyning jasadini Slovyanskdagi qabristonga olib ketishmoqda. Donetsk oblastining Baxmut shahri uchun iyul oyidan buyon og‘ir janglar davom etmoqda — Rossiya qo‘shini keng ko‘lamli urushning so‘nggi oylarida o‘zining asosiy maqsadiga aylangan ushbu shaharni muvaffaqiyatsiz qamal qilmoqda
Yasuyoshi Chiba / AFP / Scanpix / LETA
Oleksandr Korovniyning vasiysi, 52 yoshli Natalya Shalashnaya uning dafn marosimida yig‘lamoqda. Korovniy yetim bo‘lgan
Yasuyoshi Chiba / AFP / Scanpix / LETA

Baxmutdagi hayot 

Baxmut atrofidagi dalalardan birida portlashdan qolgan iz. Ukraina qurolli kuchlari Bosh shtabiga ko‘ra, ukrain qo‘shini armiyasining shaharga qilingan navbatdagi hujumlarini ham qaytargan
Yasuyoshi Chiba / AFP / Scanpix / LETA
Baxmutdagi yo‘llardan birida ketayotgan ukrain harbiy texnikasi
Yasuyoshi Chiba / AFP / Scanpix / LETA
Baxmutdagi gumanitar yordam markazida pechkaga o‘tin qalayotgan ukrainalik ayol
Yasuyoshi Chiba / AFP / Scanpix / LETA
Baxmutdagi gumanitar yordam markazida pechene bilan choy ichayotgan ayol
Yasuyoshi Chiba / AFP / Scanpix / LETA
Baxmutdagi ko‘chalardan birida harakatlanayotgan tinch aholi vakillari
Yasuyoshi Chiba / AFP / Scanpix / LETA

Zaporijjya oblastidagi vayrongarchiliklar 

Orixiv shahrida otishmalar chog‘ida vayron bo‘lgan maktab binosi. Orixiv Ukraina nazoratida qolgan Zaporijjya shahridan taxminan 60 kilometr shimolda joylashgan. Yanvar oyi oxirida oblastning Rossiya tomonidan tayinlangan ma’muriyati rahbari Vladimir Rogov RF armiyasi bu yo‘nalishda qarshi hujumga o‘tgani va «raqib pozitsiyalarini to‘xtovsiz ravishda o‘qqa tutayotgani»ni aytdi. Ukraina nashrlari yozishicha, Orixiv yo‘nalishida janglar ketmoqda, ammo Ukraina qurolli kuchlari Rossiya qo‘shinlarini to‘xtatib turish va shaharni o‘z nazoratida saqlab qolishga muvaffaq bo‘lmoqda. Foto: Andriy Andriyenko / AP / Scanpix / LETA
Orixivda yonib ketgan avtomobil oldidan o‘tib ketayotgan keksa yoshli ayol
Andriy Andriyenko / AP / Scanpix / LETA
Orixiv o‘qqa tutilishi vaqtida shikastlangan maktabni tozalayotgan ishchilar
Andriy Andriyenko / AP / Scanpix / LETA
Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Top