16:00 / 02.02.2023
7037
Reklama

X5 Retail Group’ning sobiq top-menejyeri Makro supermarketlar tarmog‘ining kuzatuv kengashiga qo‘shildi

Orient Group o‘zining asosiy biznes yo‘nalishlaridan biri – Makro supermarketlar tarmog‘ining keng ko‘lamli transformatsiyasi haqida e’lon qiladi.

Foto: Orient Group

Kompaniya butun O‘zbekiston bo‘ylab o‘z supermarketlari formati va konsepsiyasini qayta ishga tushirish niyatida. Yirik rejalarni amalga oshirish uchun global chakana bozoridan mutaxassislar jalb qilinadi.

Makro kompaniyasi Kuzatuv kengashiga birinchi tayinlov amalga oshirildi. Uning tarkibiga birinchi mustaqil direktor — Vitaliy Podolskiy (X5 Retail Group’ning sobiq CFO’si) kirdi, uning mas’uliyat sohasi moliyaviy faoliyat va umumiy strategik rivojlanish masalalari bo‘ladi.

Vitaliy Podolskiy AQSh, Yevropa, Rossiya va MDHda moliya, strategiya va korporativ boshqaruv sohasida 25 yillik tajribaga ega. So‘nggi 15 yil davomida u yetakchi davlat va xususiy kompaniyalarning mustaqil direktori va audit va moliya qo‘mitalari raisi bo‘lib faoliyat yuritgan. U tasdiqlangan direktor (Chartered Director - The UK Institute of Directors eng yuqori malakasi), "Rossiyaning yil direktori - 2019" Milliy mukofotining asosiy nominatsiyasi g‘olibi, "TOP-50 Rossiya direktorlari” (2012 - 2020) reytingi laureati. Hozirda u Buyuk Britaniyadagi yuqori texnologiyali global investitsiya fondi — Chesterfild fondining hamkori, AQSh va Yevropadagi innovatsion kompaniyalari direktorlar kengashi a’zosi.

“2022 yilda Orient Group o‘z strategiyasini shakllantirishni yakunladi, bunda Makro alohida o‘rin tutadi. Biz O‘zbekistonda zamonaviy chakana savdo formatlarida katta imkoniyatlarni ko‘rmoqdamiz. Shu bois 2023 yilda supermarketlar tarmog‘imizni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Strategiyani amalga oshirishdagi ilk qadam korporativ boshqaruvni kuchaytirish bo‘ladi, uning doirasida Vitaliy Podolskiy tayinlandi”, - dedi Orient Group bosh direktori Andrey Maslov. 

“Meni Makro'ning obro‘li jamoasiga qo‘shilish imkoniyati ilhomlantirdi. Chakana savdo nafaqat zamonaviy iqtisodiyotning eng yirik ish beruvchisi, balki milliy innovatsiyalar va turli xil sanoat, innovatsion texnologiyalar, ta’lim va mamlakatning boshqa muhim tarmoqlarini rivojlantirishning kuchli omilidir. Bugungi kunda O‘zbekiston chakana savdo bozori butun Yevrosiyodagi eng dinamik va istiqbolli bozorlardan biri hisoblanadi. Makro o‘zining dastlabki yetakchilaridan biri bo‘lganligi sababli, Orient Group’ning chuqur vakolatlari va resurslari bilan kengayish va rivojlanish uchun katta istiqbolga ega ekanligiga shubham yo‘q”, - dedi Vitaliy Podolskiy.

Reklama

Top