14:58 / 14.02.2023
23693

O‘lja qilingan tanklarni tuzatayotgan mexaniklar va Donbassdagi jangchilar. Urush suratlari

Ukrainada urushning 355-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • Moldova prezidenti Mayya Sandu Rossiya mamlakatda davlat to‘ntarishiga urinishga tayyorlangani haqida aytdi. Avvalroq Volodimir Zelenskiy ham Ukraina razvedkasi ma’lumotlariga tayangan holda shu haqda ogohlantirgandi.
  • AQSh o‘z fuqarolarini zudlik bilan Rossiya hududini tark etishga chaqirdi. Fransiya TIV ham Belarusda bo‘lib turgan o‘z fuqarolariga shunday murojaat bilan yuzlangan va bunda «Rossiyaning Ukrainada boshlangan yangi yurishi»ga havola berildi.
  • «Vagner» xususiy harbiy kompaniyasi ikkita video tarqatdi: ulardan birida asirlikdan qaytgan yollanma jangchi Dmitro Yakushchenkoning o‘ldirilishi, boshqasida Yakushchenko o‘zining «afv» etilgani haqida gapirayotgani aks etgan.
  • Rossiyada harbiylarga chiqarilgan hukmlar bo‘yicha statistika maxfiylashtirildi. Oliy sud buni FSB va Mudofaa vazirligi buyruqlari bilan izohladi.
  • Polsha va Germaniyada ukrainalik harbiy xizmatchilarni Leopard 2 jangovar tanklarini boshqarishga o‘rgatish boshlandi. GFR mudofaa vazirligi mashg‘ulotlarni birinchi chorak oxirida, aprel oyida yakunlashni rejalashtirmoqda.
  • The New York Times nashri Ukraina tomonida jang qilayotgan rossiyaliklar haqida hikoya qilib, «Svoboda Rossii» legioni mavjudligini tasdiqladi.

Kun kadri. Petrovkadagi vayrongarchiliklar

Istilo ostidagi Horlivka shahridan taxminan 30 kilometr masofadagi Petrovka posyolkasining sun’iy yo‘ldosh orqali olingan tasviri. Bu  Donetsk oblastidagi Rossiya qo‘shinlari tomonidan bir necha oydan buyon o‘qqa tutilgan ushbu qishloqning Amerikaning Maxar Technologies kompaniyasi tomonidan olingan fotosuratlaridan biri. Rossiya zarbalari oqibatlari ko‘lami bu tasvirlarni Petrovkada 2022 yil avgustida olingan kadrlar bilan solishtirganda yanada yaqqolroq ko‘rinadi.
Maxar Technologies / AP / Scanpix / LETA

Donetsk oblastidagi front chizig‘ida turgan ukrainalik harbiylar

Rossiyaning Donbassdagi yurishi davom etmoqda, ammo, Ukraina qurolli kuchlari bosh shtabiga ko‘ra, rossiyalik safarbar qilinganlar oldinga yurishdan bosh tortishi bilan bog‘liq holatlar borgan sari ortmoqda. Amerikadagi Urushlarni o‘rganish instituti ekspertlari tasdiqlashicha, RF qo‘shini Vuhledar atrofida «halokatli yo‘qotishlarga uchragan», Ukraina qurolli kuchlari vakillari esa Rossiya armiyasi ushbu shaharni shturm qilish chog‘ida 155-dengiz piyodalari brigadasi saralangan tarkibini to‘liq yo‘qotgan bo‘lishi mumkinligini xabar qildi. Rossiya mudofaa vazirligi o‘z brifinglarida Vuhledardagi muvaffaqiyatlar haqida aytmoqda, Vladimir Putin esa dengiz piyodalari Ukrainada «qahramonlarcha jang qilmoqda» deb hisoblaydi. Quyida front chizig‘ida olingan navbatdagi suratlar.

Donetsk oblastidagi ukrainalik harbiylar qo‘lbola reaktiv snaryadlar tayyorlashmoqda 
Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA
Bo‘linmaning Kurt laqabli komandiri qo‘l ostidagilar bilan oldindagi amaliyot detallarini muhokama qilmoqda
Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA
Zaxar laqabli ukrainalik harbiy xizmatchi dronni uchishga tayyorlamoqda
Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA
Ukraina qurolli kuchlarining Zaxar laqabli jangchisi (o‘ngda) va Kurt laqabli qism komandiri jang vaqti dronni boshqarmoqda
Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA
Ukrainlarning baravar o‘t ochish reaktiv tizimidan rossiyaliklar pozitsiyalari bo‘ylab o‘t ochilishi
Evgeniy Maloletka / AP / Scanpix / LETA

Rossiyaliklardan o‘lja qilingan tanklar ta’mirlanadigan zavod

 

Ukrainadagi «Fond Sergeya Prituly» xayriya tashkiloti mamlakat sharqidagi (aynan qayerdaligi — aniq emas) zavodni moliyalashtiradi, Jang maydonida o‘lja qilib olingan Rossiya harbiy texnikalari ta’mirlash uchun shu yerga yuboriladi. O‘lja qilingan harbiy mashinalar tuzatilib, yana frontga yuboriladi va Ukraina kuchlari yo‘qotishlari o‘rnini to‘ldiradi. Quyida ushbu zavoddagi mexaniklarning ish jarayoni aks etgan suratlar.

John Moore / Getty Images
John Moore / Getty Images
John Moore / Getty Images

Kiyev oblastida dafn marosimi 

Kiyev oblastidagi Knyajichi qishlog‘ida dafn marosimi ishtirokchilari 38 yoshli Oleksandr Maksimenkoning tobutini ko‘tarib ketishmoqda. Maksimenko ko‘ngilli sifatida Ukraina qurolli kuchlariga yozilgandi va Baxmut atrofidagi janglarda halok bo‘ldi
Emilio Morenatti / AP / Scanpix / LETA
Oleksandr Maksimenkoning do‘stlari va yaqinlari
Emilio Morenatti / AP / Scanpix / LETA
Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top