07:57 / 15.02.2023
6122

Ichki ishlar organlari kinologiya bo‘linmalari pulli xizmatlar ko‘rsatishni boshlaydi

Vazirlar Mahkamasining “Ichki ishlar organlarining kinologiya xizmatlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritiladi.

Foto: Kun.uz

Yangi hujjat loyihasiga ko‘ra, o‘zgartirish va qo‘shimchalarga asosan ichki ishlar organlari kinologiya bo‘linmalari shartnoma asosida jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli itlarni tayyorlash, ularning itlarini vaqtinchalik kinologiya bo‘linmalarida saqlash bo‘yicha pulli xizmatlar ko‘rsatish, shuningdek yetishtirilgan va o‘zlarining ehtiyojidan ortiq bo‘lgan hamda xizmatga yaroqsiz itlarni sotish huquqi berilmoqda.

Shu bilan birga, Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 9 sentabrdagi 750-son qarori, O‘zbekiston prezidentining 2021 yil 29 noyabrdagi PF-27-son farmoni talablariga muvofiqlashtirilmoqda.

Ushbu qarorning qabul qilinishi O‘zbekiston davlat budjetidan qo‘shimcha xarajatlarni talab etmaydi. Loyihani tayyorlashda Davlat bojxona qo‘mitasining kinologiya sohasidagi tajribalari inobatga olingan.

 

Mavzuga oid
Top