10:02 / 15.02.2023
3092

O‘zbekiston prezidenti maxsus vakili va Britaniya elchisi Afg‘onistondagi vaziyatni muhokama qildi

O‘zbekiston prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Ergashev kecha Buyuk Britaniya elchisi Timoti Torlot bilan uchrashdi.

Foto: Tashqi ishlar vazirligi

Suhbat chog‘ida mintaqaviy xavfsizlik masalalari, jumladan, Afg‘onistondagi joriy vaziyat, shuningdek, ushbu mamlakatdagi holatni tartibga solish bo‘yicha mumkin bo‘lgan birgalikdagi harakatlar muhokama qilindi.

Diplomat O‘zbekistonning Afg‘oniston bo‘yicha yagona mintaqaviy pozitsiya ishlab chiqish, mamlakatda uzoq muddatli tinchlik va barqarorlik o‘rnatish, afg‘on xalqiga gumanitar yordam ko‘rsatish borasidagi sa’y-harakatlarini yuqori baholadi.

Shuningdek, O‘zbekiston rahbariyatining BMT shafeligida xalqaro muzokaralar guruhini tuzish tashabbusini amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi.

Top