18:55 / 15.02.2023
33416
Reklama

UzAuto Motors O‘zbekistonda Chevrolet Onix avtomobillarini seriyali ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ydi

Foto: UzAuto Motors

Asaka shahridagi UzAuto Motors zavodida mahalliy butlovchi qismlarni tayyorlashning murakkab tizimi asosida yuqori texnologiyali rivojlantirishning yangi bosqichi Chevrolet Onix avtomobili ommaviy ishlab chiqarilishining tantanali ravishda ishga tushirilgani bilan nishonlandi.

Bugungi kunda UzAuto Motors eng zamonaviy avtomobillarni ishlab chiqarmoqda. Ulardan biri Chevrolet Onix avtomobilidir. Yangi avtomobil modelining ishlab chiqarilishini yo‘lga qo‘yish uchun 5 mingdan ortiq injyenerlar jalb qilingan bo‘lib, ularning bir qismi Toshkentdagi Turin politexnika universiteti bitiruvchilaridir. Ular Chevrolet Onix avtomobili uchun O‘zbekistondagi 200 dan ortiq korxonada 1 500 dona detallarning ishlab chiqarilishini yo‘lga qo‘yishdi.

Yangi Onix Chevrolet Tracker kabi GM GEM (General Motors Global Emerging Markets)platformasida ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Ushbu loyihani amalga oshirish uchun 427,6 mln dollar miqdorida investitsiyalar kiritildi. Korxonalarning injyenerlik salohiyati va texnik jihozlanishi Chevrolet Onix avtomobilini 50 foizgacha mahalliylashtirishga imkon berdi, yil oxiriga qadar esa 70 foizga yetkaziladi.

O‘zbekistonda Onix avtomobilini ishlab chiqarishni tashkil etish uchun “O‘zavtosanoat” AJ tomonidan mahalliylashtirish bo‘yicha yuqori texnologiyali 12 ta yangi loyiha amalga oshirildi. Shu jumladan, umumiy qiymati 312 mln dollar bo‘lgan yangi zavodlar bunyod etildi va yuqori texnologiyali ishlab chiqarish liniyalari ishga tushirildi. Yangi ishlab chiqarish quvvatlarining ishga tushirilishi 4,5 mingga yaqin yangi ish o‘rinlarini yaratish imkonini berdi.

Foto: UzAuto Motors
Foto: UzAuto Motors

UzAuto Motors Powertrain korxonasida avtomobillarning eng muhim tarkibiy qismlaridan biri bo‘lgan dvigatellar mahalliylashtirildi. Buning natijasida Chevrolet Onix va Tracker avtomobillari uchun mahalliylashtirish darajasining umumiy foizi oshiriladi. Yuqori bosimli alyuminiy silindrli bloklarni ishlab chiqarishning ilg‘or texnologiyasidan foydalangan holda CSS Prime dvigatellarining innovatsion oilasini ishlab chiqarishni o‘zlashtirish dvigatelni yaxshiroq issiqlik uzatish va ekologik tozalik bilan ta’minlaydi. Ushbu dvigatellarning o‘ziga xos xususiyati bu uning uchli texnologiyalashtirilganligi, yoqilg‘i sarfining tejamkorligi va turbinalarga ega ekanligidir. Mahalliy mutaxassislarning jalb qilinishi va kapital xarajatlarni ishlab chiqarish liniyasi uskunalarini sotib olish uchun optimallashtirish orqali loyiha qiymatini qariyb 20 million dollarga yaqin kamaytirishga erishildi.

Andijon viloyatida noldan boshlab qurilgan yangi “ KOVA Foundry ” quyuv zavodida temir quyish qismlari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Korxonada yuqori qo‘shimcha qiymatga ega mahsulotlarning yangi turlarini o‘zlashtirish maqsadida sanoat uchun eng ilg‘or va yangi texnologiyalar, shu jumladan, metallni qayta ishlashning barcha sikllari: eritish, quyish, qoliplash va yuqori aniqlikda ishlov berish joriy etildi. Yiliga 18 ming tonna quvvatga ega korxona xomashyoning qo‘shilgan qiymatini 10 baravargacha oshiradi va hamda 21 million dollar ehtiyot qismlar importi o‘rnini bosadi.

“UzAuto” tuzilmasi korxonalarida mahalliylashtirish dasturi doirasida zamonaviy dvigatel sovitish tizimiga ega radiatorlar, avtomobillarni boshqarish funksiyalariga ega ko‘p funksiyali rul va xavfsizlik yostiqchasi, shuningdek, faqatgina 3 ta jahon ishlab chiqaruvchilari tomonidan qo‘llanadigan noyob texnologiyadan foydalangan holda zamonaviy va xavfsiz plastik gaz baklari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Bundan tashqari, «UzKoram-Co» MChJ korxonasida Chevrolet Onix va Tracker avtomobillari uchun yon oynalar ishlab chiqarish o‘zlashtirildi.

Foto: UzAuto Motors
Foto: UzAuto Motors

Bundan tashqari, birinchi marta zamonaviy usulda plastik va kauchuk qismlarni, shu jumladan ekstruziya (texnologik jarayon – bosim ostida quyishning bir turi) usulidan foydalangan holda ishlab chiqarish va qayta ishlash yo‘lga qo‘yildi. Shuningdek, plastmassa qismlarni ultratovushli payvandlash va plastmassani bosim ostida ikki komponentli quyish yo‘lga qo‘yilgani, bu esa yuqori germetik ko‘rsatkichga va zarba yoki vibratsiya ta’sirini yutish imkonini beradi.

Modernizatsiya kuzov qismlarini issiq shtamplash yo‘li bilan ishlab chiqarish jarayoniga ham ta’sir ko‘rsatdi. UzSungwoo zavodida issiq shtamplash yo‘li bilan Markaziy Osiyoda yagona bo‘lgan to‘liq avtomatlashtirilgan metallni qayta ishlash sexining tashkil etilishi Chevrolet Tracker va Onix modellari uchun 214,5 mlrd so‘mga yaqin import o‘rnini bosuvchi 20 turdagi butlovchi qismlarni mahalliylashtirish imkonini berdi.

Eng yangi texnologiyalar asosida ishlab chiqilgan yangi “ UzSungwoo ” metallni issiq qayta ishlov berish liniyasi dunyoning yetakchi yetkazib beruvchilarining metallni kesish, issiq presslash va lazerli kesish uskunalari bilan jihozlangan bo‘lib, 2,4 million dona metall buyumlar ishlab chiqarishni ta’minlaydi hamda zarur uskunalar sonini 5 barobargacha kamaytirish orqali investitsiyalarni tejaydi.

Foto: UzAuto Motors

“O‘zavtosanoat” AJ boshqaruvi raisi Shavkat Umurzakov so‘zlagan nutqida “Bunday texnologik mahsulot ishlab chiqarishning rivojlanishi, albatta, O‘zbekistonda yuqori malakali mutaxassislarni shakllantiradi. UzAuto tuzilmasidagi korxonalarda ishlab chiqarish va boshqaruvning yuqori madaniyati nafaqat avtomobilsozlik va boshqa ko‘plab turdosh tarmoqlar rivojiga yangi turtki beradi”, – deb alohida keltirdi.

Innovatsion ishlab chiqarish texnologiyalarining joriy etilishi Asakadagi UzAuto Motors zavodining ishlab chiqarish quvvatlariga ham ta’sir ko‘rsatdi. Asosiy ishlab chiqarish bo‘linmalariga tashqari, kompaniya qo‘shimcha ravishda lazerli payvandlash jarayonini yo‘lga qo‘ydi, bu boshqa payvandlash usullari bilan solishtirganda, yuqori aniqlik, korroziyaga chidamlilik va payvandlash kuchini oshirdi, shuningdek, ishlab chiqarishda estetika, yuqori darajadagi energiya tejash va atrof-muhitni muhofaza qilishda yuqori aniqlikka ega.

Amalga oshirilgan loyihalar O‘zbekiston avtosanoatini yanada rivojlantirish va avtomobil ishlab chiqarish hajmini yiliga 500 ming donaga yetkazish uchun barcha sharoitlarni yaratdi.

Chevrolet Onix – barchasi u haqida

Eng yuqori standartlarga javob beradigan zamonaviy avtomobil. O‘zbekistonda ishlab chiqarilishidan ancha oldin mashhur bo‘lgan barcha kutgan avtomobil. Yangi model yorqin dizayn, zamonaviy interer hamda qulaylik va xavfsizlik uchun barcha zarur opsiyalarni o‘zida mujassamlashtiradi.

Avtomobillar komplektatsiyasiga qarab 2 turdagi dvigatel bilan taqdim etiladi:

• 1,2 litrli 132 ot kuchiga ega turbo dvigatel hamda 6 pog‘onali avtomat uzatmalar qutisi bilan jihozlangan;

• 1,2 litrli 90 ot kuchiga ega atmosferali dvigatel 5 pog‘onalik mexanik uzatmalar qutisi bilan jihozlangan.

Avtomobil 10,9 soniyada 100 km/soat tezlikka erishadi, shu bilan birga aralash siklda 100 km uchun faqat 5,9 l va shahar tashqarisidagi yo‘lda 4,7 l sarflaydi.

Foto: UzAuto Motors

Zamonaviy dizayn

Avtomobil zamonaviy dizayn va qulaylik bilan birga xavfsizlik bo‘yicha eng ilg‘or zamonaviy texnologiyalarni ham taqdim etadi. 5 o‘rindiqli ushbu sedan sayohatlar uchun xoh u oilaviy xoh do‘stlar orasida yoki xizmat safari bilan shaylangan xodim bo‘lsin umuman, barcha-barcha uchun ham birdek ideal. Chevrolet Malibu avtomobili bilan o‘xshashligi yuqori toifadagi avtomobillardan qolishmaydigan mustahkam va zamonaviy tashqi ko‘rinish beradi.

Futuristik yoritish texnikasi yon atrofdagilarning e’tiborini jalb etadi. Bu hech bir avtomobil ixlosmandlarini befarq qoldirmaydi.

Kuzovdagi gorizontal chiziqlar avtomobilning zamonaviy dizayn uslubiga ega ekanligiga urg‘u beradi. Ular diod optika yorug‘lik elementlari bilan birgalikda avtomobilga yorqin va taniqli ko‘rinish beradi, mukammal ishlangan kunduzgi diod optikasi esa Onixni kechayu-kunduz ko‘zga tashlanadigan qiladi.

Foto: UzAuto Motors

Texnologik interer

Chevrolet Onix intereridagi chiziqlar va yorqin elementlar avtomobilning sig‘imliligini ta’kidlaydi. Va kenglik hissini yaratadi, buning barchasiga avtomobilning keng platformasi orqali erishiladi.

Foto: UzAuto Motors

Ergonomik asboblar paneli ko‘rinishni yaxshilaydi va yengillik hissini beradi.

Displey avtomobilning yuqori texnologiyali dizaynining markaziy qismidir, intuitiv 8 dyuymli axborot-ko‘ngilochar tizimi esa yuqori darajadagi premium va qulay boshqarishni qo‘shadi.

Foto: UzAuto Motors

Qulay va oson boshqarish

Chevrolet Onix boshqarishni qulay va zavqli qiladigan barcha detallarga ega.

4 LT komplektatsiyasida bazaviy opsiyalaridan tashqari avtomobilga kalitsiz kirish smart kalit (key) va yoqish START/STOP tizimi, kruiz kontrol bilan ta’minlangan.

Avtomobil isitish tizimiga ega charm qoplamali rul va yuqori sifatli mato qoplamali sport uslubidagi o‘rindiqlar bilan jihozlangan, shuningdek salonda simsiz quvvatlash tizimi mavjud.

LS komplektatsiyasidan tashqari barcha komplektatsiyalar Bluetooth va Hands-Free hamda 8 dyuymli sensor displeyga ega rusifikatsiyaga ega multimedia tizimi (Apple CarPlay va Android Auto) bilan jihozlangan.

Avtomobilning soddalashtirilgan komplektatsiyasidan tashqari barcha komplektatsiyalari signalizatsiya, konditsioner, rul kolonkasini yuqoriga va pastga hamda uzoq yaqinligini moslashtirish, haydovchi o‘rindig‘i balandligini sozlash, tezlikni cheklovchi va boshqa bir qator qulaylik uchun zarur bo‘lgan opsiyalarga ega.

Bundan tashqari, komplektatsiyasiga qarab, avtomobillar tepalikka ko‘tarilishga yordamlashuvchi tizim, faralar o‘chishining kechiktirilishi tizimi (Follow Me Home), to‘xtash tizimi datchiklari (Park-Assist) va bolalar o‘rindig‘ini o‘rnatish tizimi ISOFIX bilan jihozlangan.

Foto: UzAuto Motors

Chevrolet Onix xavfsizligi

Barcha Chevrolet Onix avtomobillari kamida 2 ta xavfsizlik yostiqchasi hamda ABS va ESC (barqarorlikni elektron nazorat qilish) tizimi bilan jihozlangan.

Top versiyalaridagi kruiz kontrol tizimi optimal boshqaruvni ta’minlaydi, uzoq masofalarga yengil va qulay harakatlanish imkonini beradi, faol xavfsizlik tizimlari baxtsiz hodisalarning oldini olishga yordam beradi va avtomobilning turli yo‘l qismlarida hamisha barqaror turishini ta’minlaydi.

Bundan tashqari, soddalashtirilgan komplektatsiyasidan tashqari barcha komplektatsiyalarda tezlikni cheklovchi va shinalar bosimining monitoring tizimi mavjud.

2023-yilda Chevrolet Onix Premium avtomobilidagi qo‘shimcha opsiyalar:

  • klimat kontrol;
  • yarimavtomat (parallel va perpendikulyar) to‘xtash tizimi;
  • old partroniklar;
  • ko‘rinishi cheklangan joylar nazorati datchigi;
  • orqa o‘rindiq isitish tizimi;
  • lyuk;
  • to‘liq svetodiod optikasi va orqa gabarit chiroqlar.
  • salonda haydovchi, old o‘rindiq va orqa o‘rindiq yo‘lovchilar uchun alohida yoritish tizimi;
  • original dizaynli quyma disklar va boshqalar.
Foto: UzAuto Motors

Reklama huquqi asosida

Top