09:54 / 15.02.2023
7615

Yanvarda eng yuqori tug‘ilish darajasi kuzatilgan hudud ma’lum qilindi

Yanvar oyida qaysi hududda eng yuqori tug‘ilish darajasi kuzatilgani to‘g‘risida ma’lumot berildi.

Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2023 yilning yanvar oyida respublika bo‘yicha 76199 nafar tirik tug‘ilish holatlari FHDYo organlarida qayd etilgan.

Hududlar kesimida tug‘ilish koeffitsiyenti (promilleda):

  • Surxondaryo viloyati – 29,8; 
  • Qashqadaryo viloyati – 27,3; 
  • Jizzax viloyati – 27,3; 
  • Namangan viloyati – 26,4; 
  • Samarqand viloyati – 25,9; 
  • Sirdaryo  viloyati – 25,9; 
  • Navoiy  viloyati – 25,1; 
  • Toshkent shahri – 25,1; 
  • Andijon viloyati – 23,8;
  • Farg‘ona viloyati – 23,7; 
  • Toshkent viloyati – 23,1; 
  • Buxoro viloyati – 21,2; 
  • Xorazm viloyati – 21,1; 
  • Qoraqalpog‘iston R. – 21.
Mavzuga oid
Top