17:00 / 19.02.2023
31709
Reklama

Marat Hamdamov O‘zbekiston Polo federatsiyasi vitse-prezidenti etib tayinlandi

Kuni kecha, 2023 yil 18 fevral kuni Markaziy temiryo‘lchilar madaniyat saroyida O‘zbekiston Respublikasi Yilqichilik va ot sporti, Polo va Zamonaviy beshkurash federatsiyalariga tegishli bir qator masalalar yuzasidan navbatdan tashqari hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Zamonaviy beshkurash federatsiyasi bosh kotibi hamda uchta federatsiyalarga vitse-prezidentlar saylandi. Jumladan, O‘zbekiston Polo federatsiyasi vitse-prezidenti lavozimiga Hamdamov Marat Xayrullayevich va Polo federatsiyasi raisi o‘rinbosari etib Hakimov Rustam Rahmatullayevichlar tayinlanishdi.

Shuningdek, ot sportining barcha yo‘nalishlarini yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi hamda joriy yil Xitoyning Xanchjou shahrida bo‘lib o‘tadigan Osiyo o‘yinlariga va 2024 yildagi Parij-24 Olimpiya o‘yinlariga yanada samarali tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha yangi vazifalar belgilandi.

Top