09:21 / 20.02.2023
6592

O‘zbekistonda o‘zlashtirilgan xorijiy investitsiyalar hajmida Rossiyaning ulushi yuqori

2022 yilda O‘zbekiston Respublikasida asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan investitsiyalar hajmi qariyb 270 trln so‘mni tashkil etgan.

Foto: Getty Images

Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, shundan asosiy kapitalga o‘zlashtirilgan jami xorijiy investitsiya va kreditlarning ulushi 41,6 foizni tashkil etgan.

O‘zlashtirilgan jami xorijiy investitsiya va kreditlar hajmida eng yuqori ulushga ega bo‘lgan investor davlatlar:

— Rossiya – 20 ,3 foiz;
— Xitoy – 16,4 foiz;
— Turkiya – 10,1 foiz;
— Germaniya – 6 foiz;
— Saudiya Arabistoni – 6 foiz;
— AQSh – 3,8 foiz.

Mavzuga oid
Top