11:05 / 21.02.2023
5823

Yevropa Ittifoqi kengashi Rossiyaga qarshi sanksiyalarni uzaytirishga qaror qildi

Yevropa Ittifoqi kengashi Ukrainadagi urush tufayli Rossiyaga nisbatan joriy qilingan sanksiyalarni kelasi yilning 24 fevraliga qadar uzaytirishga qaror qildi, tegishli qaror Yevropa Ittifoqining rasmiy jurnalida chop etildi. 

Foto: AP

Rezolyutsiyada Yevropa Ittifoqi Ukrainani qo‘llab-quvvatlashda qat’iyligi ta’kidlanadi. Qaror e’lon qilingan kundan keyingi kun kuchga kiradi, deyiladi hujjatda.

Rossiya atom sanoatiga nisbatan jazo choralari Yevropa Ittifoqida tayyorlanayotgan o‘ninchi sanksiyalar paketiga kiritilmaydi. Bu haqda 20 fevral kuni YeI Tashqi ishlar kengashining Bryusselda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida YeI oliy diplomati Jozep Borrel ma’lum qildi.

Yangi sanksiyalar Rossiyaning Ukrainaga keng miqyosli bosqinining bir yilligi oldidan e’lon qilinadi, dedi Borrel, ammo choralar hali tasdiqlanmagan. Shuning uchun u bu paketga Rossiya olmoslariga embargo kiritilishi yoki kiritilmasligini bilmasligini aytdi. Bryussel diplomatik doiralarida bu borada turlicha fikrlar bildirildi.

Borrelning so‘zlariga ko‘ra, sanksiyalarning o‘ninchi paketi albatta elektronika, ixtisoslashtirilgan transport vositalari, yengil avtomobillar, samolyotlar, yuk mashinalari uchun ehtiyot qismlar, antennalar va kranlar kabi harbiy maqsadlarda qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan qurilish mahsulotlari, ikki maqsadli tovarlar, xususan, elektron komponentlar, texnologiyalar, nodir materiallar, termokamerlarni o‘z ichiga oladi.

Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top