17:00 / 25.02.2023
8909
Reklama

Payme texnomart ko‘magida Payme Mahalla platformasida yangi missiyani ishga tushirdi

Foto: Payme

Endilikda Payme tizimida ikkinchi missiya uchun sodiqlik dasturi ballarini kiritish imkoniyati paydo bo‘ldi. Ular Namangan viloyatidagi maktablarni zamonaviy kompyuterlar bilan jihozlash uchun yo‘naltiriladi.

Yirik maishiy texnika va elektronika do‘konlari tarmog‘idan biri bo‘lmish texnomart yangi missiyada Payme Mahalla loyihasini qo‘llab-quvvatladi. Kompaniya Payme foydalanuvchilari bilan hamkorlikda Namangan viloyatidagi maktablar uchun yangi kompyuterlar haqida qayg‘urishni o‘z zimmasiga oladi.

Payme Mahalla – bu Payme ilovasi ichidagi platforma bo‘lib, unda foydalanuvchilar ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalarga o‘z hissalarini qo‘shishlari mumkin. Buning uchun Payme People sodiqlik dasturining to‘plangan ballarini baham ko‘rish kifoya.

2022 yil dekabr oyida kompaniya ONA jamoat fondi bilan birgalikda foydalanuvchilar uchun ilk missiyani ishga tushirgan edi. Payme People sodiqlik dasturi ishtirokchilari Qoraqalpog‘istondagi maktablarni zamonaviy kompyuterlar bilan jihozlashga o‘z hissalarini qo‘shdilar. Natijada, birinchi topshiriqni bajarish uchun kerakli miqdordagi ballar ikki kun ichida to‘plab bo‘lindi. Endi foydalanuvchilarning sharofati bilan Qoraqalpog‘istondagi uchta maktabning 385 nafar o‘quvchisi yangi qurilmalarda tahsil olishmoqda.

24 fevraldan esa Payme foydalanuvchilari uchun yangi missiya boshlanadi. Ikkinchi missiyada qo‘yilgan topshiriq ham birinchisiga o‘xshash bo‘lib, bu Namangan viloyatidagi maktablarni zamonaviy kompyuterlar bilan ta’minlashdan iborat. Endi butun O‘zbekiston bo‘ylab birlashgan ishtirokchilar Namangan viloyatidagi 3924 nafar maktab o‘quvchilarini xursand qilishlari mumkin.

Ikkinchi missiya ham ONA jamoat fondi bilan faol ravishda amalga oshirilmoqda. Ammo, bu safar missiyaga hamkor sifatida yana bir yirik brend – elektronika va maishiy texnika do‘konlari tarmog‘i texnomart ham qo‘shildi. Texnomart’ning butun O‘zbekiston bo‘ylab 30 ta do‘koni faoliyat olib boradi. Kompaniya ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalarni faol qo‘llab-quvvatlaydi va Payme Mahalla loyihasi ham bundan mustasno emas.

Missiyaga qanday qilib hissa qo‘shish mumkin?

Xayrli ishga hissa qo‘shish uchun Payme ilovasi orqali to‘lov va o‘tkazmalarni amalga oshirish kifoya, natijada esa ballar to‘planadi. Shundan so‘ng ularni ilovaning ichidagi Payme Mahalla bo‘limida missiyani amalga oshirishga yo‘naltirish mumkin.

“Payme Mahalla – bu virtual maydon bo‘lib, u yerda har bir foydalanuvchi hayotimizni biroz bo‘lsa-da yaxshilash uchun hissa qo‘shishi mumkin!”, – deb ta’kidlashdi kompaniyada.

Birinchi topshiriqni bajarish haqida batafsil ma’lumotni havola orqali olish mumkin.

Payme Mahalla – ezgu ishlarni amalga oshirishning qulay usuli.

Payme ilovasini iOS va Android da yuklab olish mumkin.

Kompaniyaning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida ikkinchi missiya yangiliklarini va boshqa missiyalarni kuzatish mumkin.

Instagram: @payme.uz

Facebook: @payme.uz

Telegram: @payme_uz

ONA jamoat fondining Instagram-sahifasi: @ona_foundation

texnomart:

Facebook: @texnomart

Instagram: @texnomart

Telegram: @texnomart

Sayt: texnomart.uz

YouTube: texnomart

Reklama

Top