10:43 / 27.02.2023
6143
Reklama

“O‘zbekinvest”: 2022 yilda “mahallabay” tamoyili asosida ishlash tizimi muvaffaqiyatli joriy etildi

"Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili"da “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi ishni “mahallabay” tamoyili asosida tashkil etishda ishtirok etishni o‘z faoliyatining ustuvor yo‘nalishi sifatida belgilab oldi.

Foto: O‘zbekinvest

2022 yilda mamlakatimizning 9 mingdan ortiq mahallasida istiqomat qilayotgan aholini turli xavf va xatarlardan himoya qilishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi. Ushbu tadbirlar shahar va qishloq aholisi o‘rtasida faol tushuntirish ishlarini olib borish, yoshlar orasidan yangi sug‘urta agentlarini jalb qilishdan iborat edi.

Natijada kam ta’minlangan oilalardan bo‘lgan 1029 nafar fuqaro sug‘urta agenti sifatida ish bilan ta’minlandi. 2022 yilda ular tomonidan mahallalarda 12,3 milliard so‘mlik 176,1 ming donadan ortiq sug‘urta polislari sotilgan.

Ma’lumki, mijozlar tomonidan sug‘urta tashkilotini tanlashda asosiy omillardan biri bu to‘lab berilgan sug‘urta qoplamalari to‘g‘risidagi statistik ma’lumotlardir. 2022 yilda “O‘zbekinvest” tomonidan “mahallabay” dasturi doirasida sotilgan polislar bo‘yicha 1746 nafar mijozga 9,3 milliard so‘m sug‘urta tovonlari to‘lab berildi.

“O‘zbekinvest” kompaniyasi vakillari mahallalarda aholi bilan o‘tkazilgan sayyor uchrashuvlarda sug‘urta xizmatlaridan foydalanishning afzalliklari, shuningdek, aholi va tadbirkorlik sub’yektlariga sug‘urta ko‘zda tutilmagan zararlar qoplanishining moddiy manbai ekanligi haqida tushuntirishlar berdilar.

“O‘zbekinvest” tomonidan mamlakatimizning chekka hududlari aholisiga taklif etilayotgan sug‘urta turlarining aksariyati “inklyuziv” deb ataladigan sug‘urta turlariga tegishlidir. Bu shuni anglatadiki, ushbu sug‘urta turlari bo‘yicha polis stavkalarini tuzishda aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarining eng kam daromadlari hisobga olinadi. Shu yo‘l bilan kam ta’minlangan oilalardan bo‘lgan fuqarolar sug‘urta himoyasi bilan ta’minlanadi.

2023 yilda “O‘zbekinvest” aksiyadorlik jamiyati tomonidan mamlakatimiz mahallalarida aholini sug‘urta himoyasini ta’minlash, ularning moliyaviy xizmatlarning ushbu turiga ishonchini mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar respublikamizning barcha hududlarida davom ettiriladi.

“O‘zbekinvest” eksport-import sug‘urta kompaniyasi AJ axborot xizmati

Top