09:15 / 27.02.2023
6265

Toshkentda har 1000 kishiga o‘rtacha 193 ta avtomobil to‘g‘ri kelyapti

2023 yil 1 yanvar holatiga O‘zbekiston Respublikasida har 1000 nafar doimiy aholiga o‘rtacha 95 ta yengil avtomobil to‘g‘ri kelmoqda. 

Foto: Kun.uz

Statistika agentligining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, hududlar kesimida har 1000 nafar doimiy aholiga o‘rtacha to‘g‘ri keladigan yengil avtomobillar soni bo‘yicha Toshkent shahri yetakchilik qilmoqda - 193 ta yengil avtomobil.

Ushbu ko‘rsatkich qolgan hududlar kesimida quyidagicha ko‘rinishga ega:

  • Toshkent viloyati – 117 ta; 
  • Xorazm viloyati – 110 ta; 
  • Buxoro viloyati – 109 ta; 
  • Navoiy viloyati – 96 ta; 
  • Samarqand viloyati – 95 ta; 
  • Farg‘ona viloyati – 84  ta; 
  • Qashqadaryo viloyati – 79 ta; 
  • Namangan viloyati – 77 ta; 
  • Sirdaryo viloyati – 75 ta;
  • Surxondaryo viloyati – 74 ta; 
  • Qoraqalpog‘iston R. – 71 ta; 
  • Andijon viloyati – 70 ta; 
  • Jizzax viloyati – 66 ta.
Top