15:35 / 01.03.2023
18471

Donetsk oblastida janglar, shaharlardan evakuatsiya davom etmoqda. Urush suratlari

Ukrainada urushning 370-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • Rossiya dronlar hujumiga uchradi. Tuapseda ikki dron portlashi oqibatida «Rosneft» neft bazasida yong‘in chiqdi. Yana bir kamikadze dron Moskva oblastidagi Kolomne shahri hududida «Gazprom» kompressor stansiyasi atrofida qulab tushgan.
  • «Noma’lum obekt» tufayli Peterburg havo kengligi ma’lum muddatga yopib qo‘yildi. Havoga qiruvchi samolyotlar ko‘tarildi, ammo hech qanday shubhali jism aniqlanmadi. RF mudofaa vazirligi bu vaqtda havo hujumidan mudofaa kuchlari mashg‘ulotlari o‘tkazilgani haqida xabar berdi.
  • Vladimir Putin Rossiyaning AQSh bilan tuzilgan strategik hujum qurollarini qisqartirish bo‘yicha shartnomadagi ishtirokini to‘xtatuvchi qonunni imzoladi. Bu nimani anglatadi?
  • Rossiya telekanallari va radiostansiyalari efirida «havo hujumidan ogohlantiruvchi trevoga» signallari ketdi. FVV OAV serverlariga buzib kirilgani haqida xabar berdi.
  • Kiyev, Xarkiv, Lviv, Jitomir, Odessa, Ivano-Frankovskda o‘zini «Ryodan XHK» submadaniyatiga mansub deb hisoblovchi o‘smirlar ishtirokida ommaviy mushtlashuvlarning oldi olindi. Mamlakat hukumati bu rossiyaliklar provokatsiyasi deb hisoblamoqda.

Kun kadri. Chasiv Yardagi ayollar otishmadan keyin deraza o‘rnini yopishmoqda

Chasiv Yar — Donetsk oblastidagi shahar bo‘lib, Ukraina qurolli kuchlari ushbu hudud orqali Baxmutdagi kuchlariga ta’minot yetkazib beradi. 28 fevral kuni «LXR» kuchlari qo‘mondonligi Ukraina qo‘shinlari rahbariyati Chasiv Yarga NATO mamlakatlaridagi poligonlarda tayyorlangan 350 nafarga yaqin askar va 15 nafar zobitini tashlagani haqida xabar berdi. Ukraina qurolli kuchlari Baxmut yo‘nalishiga qo‘shimcha kuchlar yuborayotgani haqida Ukraina mudofaa vaziri o‘rinbosari Anna Malyar ham xabar bergandi. Bu yo‘nalishdagi strategik ahamiyatga ega bo‘lgan Chasiv Yar shahri Rossiya tomonidan muntazam ravishda o‘qqa tutilmoqda.

Dimitar Dilkoff / AFP / Scanpix / LETA

Severskdan evakuatsiya

Chasiv Yar kabi Seversk ham Donetsk oblastidagi harbiy harakatlar ichida qolgan. Seversk Baxmutdan o‘tuvchi yo‘llar kesishmasida joylashgan — biri Limanga, boshqasi Rossiya qo‘shini okkupatsiya qilgan Lisichansk va Severodonetskka boruvchi yo‘llar. RF armiyasi Severskni muntazam ravishda o‘qqa tutadi, buning natijasida shaharda elektr ta’minoti yo‘q, issiq suv uzatish cheklangan. Ukrain harbiylari bu yerdagi aholini imkon qadar tez fursat ichida olib ketishga urinmoqda.

Severskda yashovchi keksa yoshli ayol evakuatsiya oldidan buyumlarini yig‘ishtirmoqda. U shu vaqtgacha yerto‘lada yashab kelayotgandi.
Lisi Niesner / Reuters / Scanpix / LETA
Severskdan evakuatsiya qilinayotgan bola mushugini olib ketmoqda
Lisi Niesner / Reuters / Scanpix / LETA
Seversklik ayol evakuatsiya oldidan o‘z yaqinlari bilan xayrlashmoqda.
Lisi Niesner / Reuters / Scanpix / LETA
Severskda yashovchi kishi yonayotgan binoga qarab turibdi. Yong‘in rossiyaliklarning shahar bo‘ylab bergan zarbalaridan keyin boshlangan.
Yevhen Titov / Reuters / Scanpix / LETA
Severskda yashovchi ayollar o‘z uyini tark etishdan bosh tortmoqda
Lisi Niesner / Reuters / Scanpix / LETA

Baxmut uchun janglar

Ukrain harbiylari Baxmutdan «strategik chekinish» amalga oshirishi mumkin — bu haqda 28 fevral kuni Ukraina prezidentining iqtisodiy masalalar bo‘yicha maslahatchisi Oleksandr Rodnyanskiy CNN uchun intervyusida ma’lum qildi. «Ular [Ukraina qurolli kuchlari] hozircha shaharni tutib turishibdi, ammo agar talab etilsa, ular strategik chekinishlari mumkin, chunki biz barcha odamlarimizni shunchaki qurbon qilib yubora olmaymiz», — deya qayd etgan Rodnyanskiy.

Prezident maslahatchisi Ukraina armiyasi shaharni tashlab chiqqan taqdirda ham Rossiya kuchlari tezlik bilan oldinga siljiy olmasligini qayd etgan. «Shubha qilmang, bizning qarshi hujumimizga uzoq qolmadi», — deya qo‘shimcha qilgan u.

Quyida yetti oydan oshiq vaqt davomida qamal qilinayotgan Baxmut ko‘chalaridagi vaziyat aks etgan suratlar.

Alex Babenko / Reuters / Scanpix / LETA
Baxmut ko‘chalaridan birida ketayotgan ukrain harbiy texnikalari
Yevhen Titov / Reuters / Scanpix / LETA
Alex Babenko / Reuters / Scanpix / LETA
Ukrainalik harbiy pod’yezd derazasidan atrofni kuzatmoqda
Dimitar Dilkoff / AFP / Scanpix / LETA
Baxmutdagi uylardan birida rossiyaliklar zarbasidan keyin chiqqan yong‘in
Alex Babenko / Reuters / Scanpix / LETA
Alex Babenko / Reuters / Scanpix / LETA

Limanda sapyorlar ishi

Liman — yirik temiryo‘l tuguni va Donetsk oblastidagi strategik muhim shahar. RF mudofaa vazirligi 2022 yil 28 may kuni Liman egallangani haqida xabar bergandi, 30 sentabr kuni esa shahar «DXR» tarkibida Rossiyaga qo‘shib olindi. Ammo keyingi kun, 1 oktyabrda Ukraina qurolli kuchlari kuzgi qarshi hujum davomida ushbu shaharni ozod etishdi. 2022 yil 28 fevralida «DXR» rahbari Denis Pushilin Rossiya Limanni «albatta qaytarishi» haqida aytdi. Hozirda shaharda sapyorlar ish olib bormoqda.

Donetsk oblasti FVV sapyor otryadi ofitserlari Liman atrofidagi qishloq yo‘li bo‘ylab harakatlanmoqda. Yo‘l chetida Rossiya armiyasining bu urush vaqtidagi ramzlaridan biriga aylangan «Z» harfi aks etgan fuqarolik mashinasi yotibdi.
Wolfgang Schwan / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Liman atrofidagi dala maydonida qoldirilgan mina
Wolfgang Schwan / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Mina izlayotgan ukrain sapyorlari
Wolfgang Schwan / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Wolfgang Schwan / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Wolfgang Schwan / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Minadan tozalash jarayoni vaqtida portlashdan hosil bo‘lgan olov
Wolfgang Schwan / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Top