15:33 / 04.03.2023
9400

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligida «Vazirga murojaat» portali ishga tushirildi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligida o‘qituvchilar, tarbiyachilar va ota-onalarning takliflarini o‘rganishni maqsadida murojaatlar portali ishga tushirilyapti.

Endi o‘qituvchilar, tarbiyachilar, ota-onalar:

  • ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha takliflar;
  • korrupsiya holatlari yuzasidan asoslangan faktlar;
  • tashabbuslar, loyihalar, fikr va mulohazalarini vazir.uzedu.uz murojaatlar portaliga yo‘llashi mumkin.

Mazkur taklif, tashabbus va mulohazalar vazir nazoratida bo‘lib, vazirlik mutaxassislari tomonidan o‘rganiladi. Ular asosida muammolar hal etilib, yangi loyihalar joriy etiladi.

Top