13:02 / 04.03.2023
7834

YeXHT Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi tinchlik muzokaralarini qo‘llab-quvvatlashga tayyor

Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti Moskva va Kiyev o‘rtasida tinchlik muzokaralari boshlangan taqdirda o‘z hissasini qo‘shishga tayyor, dedi YeXHT Bosh kotibi.

Foto: Reuters

Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti (YeXHT) Bosh kotibi Helga Mariya Shmid ushbu uyushma Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi tinchlik muzokaralarini qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanini aytdi. Bosh kotib 3 mart, juma kuni Hamburg shahar meriyasida tegishli bayonot bilan chiqdi.

Shmid Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayyerning Xitoyning «tinchlik rejasi»ni hisobga olib, Moskva va birinchi navbatda Kiyev ishtirokida muzokaralar o‘tkazishga chaqirgan so‘zlarini esladi. Shtaynmayyer Xitoyning Ukraina va Rossiya o‘rtasidagi ziddiyatni hal qilishda konstruktiv rol o‘ynash qobiliyati shubhali ekanini ta’kidladi. «Agar shunday bo‘lsa, unda Xitoy har qanday holatda ham nafaqat Moskva, balki Kiyev bilan ham gaplashishi kerak», dedi Germaniya prezidenti. 

«Men bu fikrga qo‘shilaman va shuni qo‘shimcha qilishim mumkinki, YeXHT ham o‘sha paytda o‘z hissasini qo‘shadi», - dedi Bosh kotib. 

Rossiya Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotiga a’zo. Moskvaning Ukrainaga keng ko‘lamli hujumidan biroz oldin tashkilot xavfsizlik bo‘yicha muloqot o‘tkazishni taklif qilgan va 57 a’zodan 56 tasi bunga tayyor edi, deb eslatdi dpa agentligi. «Ammo Rossiya dialogga qarshi va urush qaroriga keldi», dedi Shmid.

Ukraina sharqida 1300 kishidan iborat kuzatuv missiyasini yakunlashga to‘g‘ri keldi. Shunga qaramay, «Ukrainaga qarshi tajovuzkor urush mening tashkilotimning muvaffaqiyatsizligi yoki ko‘p tomonlama yondashuv emas», deb ta’kidladi bosh kotib va bu «bir mamlakat rahbariyatining ongli qarori» bo‘lib, «barcha majburiyatlar va barcha me’yorlarga zid» ekanligini aytdi. 

Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top