03:23 / 08.03.2023
19178

YeChL. «Chelsi» 2023 yilda yutqazmagan «Borussiya D»ni turnirdan chiqarib yubordi, «Benfika» ham 1/4 finalda

Foto: Getty Images

Yevropa Chempionlar Ligasida dastlabki chorakfinalchilar aniqlandi.

Dortmundda minimal hisobda yutqazgan «Chelsi» «Borussiya»ni o‘z maydonida mag‘lubiyatga uchratdi. Sterling va Havertsning gollari Germaniya jamoasiga 2023 yildagi ilk mag‘lubiyatni keltirdi.

«Benfika» «Bryugge»ga qarshi javob bahsida ham oson g‘alabani qo‘lga kiritib, 1/4 finalga yo‘llanma oldi. 

YeChL. 1/8 final. 7 mart
Javob o‘yinlari

Chelsi — Borussiya D 2:0
Gollar:
Sterling (43), Haverts (53, penalti). 
Chelsi – Arrisabalaga, Jyeyms, Kulibali, Kukurelya, Fofana, Chiluell, Kovachich (Pulishich, 83), Fernandes (Zakariyo, 87), Haverts, Sterling (Loftus-Chik, 83), Felish (Gallaher, 67).
Borussiya D – Mayyer, Zyule, Shlotterbek, Gerreyru, Brandt (Reyna, 5), Roys, Jan, O‘zjan (Bayno-Gittens, 64), Bellingem, Volf, Aller (Malen, 77).
Ogohlantirishlar: Zyule (41), Arrisabalaga (65), Fernandes (77), Chiluell (90+2), Volf (90+2), Kukurelya (90+6), Bellingem (90+7).
Birinchi o‘yin — 0:1.

Benfika — Bryugge 5:1
Gollar:
R.Silva (38), Ramush (45+2, 57), Mariu (71, penalti), Neres (77) — Meyyer (87). 
Benfika – Vlaxodimos, Ba (Jilberto, 63), Otamendi (Morato, 74), Antoniu Silva (Verissimo, 88), Grimaldo, Mariu (Joau Nevesh, 74), Rafa Silva, Eursnes, Shikinyu (Neres, 63), Florentinu, Ramush.
Bryugge – Minole, Mata (Odoi, 63), Mexele, Silla, Meyyer, Vanaken (Rits, 75), Nilsen, Lang (Nvadike, 46), Soua (Nusa, 75), Yaremchuk (Yutgla, 62), Byukenen.
Ogohlantirishlar: Yaremchuk (17), Lang (20), Otamendi (29), Silla (43), Meyyer (48).
Birinchi o‘yin — 2:0.

Mavzu
Yevropa Chempionlar Ligasi
12 sentabrdan Yevropa Chempionlar Ligasida yangi mavsum start oldi. 8 guruhda 4tadan jamoa kuzgi bahslarga kirishdi.
Barchasi
Top