16:03 / 14.03.2023
18407

Donbassdagi ukrain vertolyotlari va xorijda shug‘ullanayotgan tankchilar. Urush suratlari

Ukrainada urushning 383-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • Haagadagi xalqaro jinoiy sud Ukrainaga bosqin tufayli Rossiyaga qarshi ikki ish ochmoqda. Ulardan biri ukrainalik bolalar va o‘smirlarning o‘g‘irlab ketilishi va ularni Rossiyaning «qayta tarbiyalash» lagerlariga majburan yuborish bilan bog‘liq. Ikkinchisi – Ukrainaning fuqarolik infratuzilmasiga ataylab zarba berish. Bu ishlar bo‘yicha kimlar ayblanishi hozircha noaniq.
  • The Wall Street Journal nashriga ko‘ra, Xitoy rahbari Si Jinping Volodimir Zelenskiy bilan muzokara o‘tkazmoqchi. Bu ularning urush boshlanganidan buyon ilk muloqoti bo‘ladi. Jurnalistlar ma’lumotiga ko‘ra, uchrashuv keyingi haftada (aynan qayerdaligiga aniqlik kiritilmagan) — Si Jinpingning Moskvada Vladimir Putin bilan o‘tkazilajak muzokaralaridan keyin bo‘lib o‘tadi.
  • Rossiya Ukraina bug‘doyini olib chiqish bo‘yicha kelishuvni 2022 yil noyabrida bo‘lgani kabi 120 kunga emas, balki 60 kunga uzaytirishni taklif qildi.
  • Rossiya Davlat dumasiga muddatli harbiy xizmatga chaqirilishning cheklangan yoshini 2024 yildan 27 yoshdan 30 yoshgacha oshirish to‘g‘risidagi qonun loyihasi taqdim etildi.
  • Moskvaning uchta rayonida havo hujumidan mudofaa komplekslari joylashtiriladigan maydonlar uchun daraxtlar kesildi. Ekologiyaga eng katta zarar «Kolomenskoye» muzey-qo‘riqxonasi ro‘parasidagi Pechatniki rayonida kuzatildi – bu yerda mudofaa vazirligi ehtiyojlari uchun qariyb 100 gektar o‘rmonzor kesilgan.

Volnovaxa o‘qqa tutilishi oqibatlari

13 mart kuni Ukraina qurolli kuchlari Donetsk oblastining Rossiya nazoratida bo‘lgan Volnovaxa shahriga raketa zarbasi yo‘lladi. «DXR» tarkibidagi Volnovaxi rayoni ma’muriyatining Kreml tomonidan tayinlangan rahbari Konstantin Zinchenkoning ma’lumotiga ko‘ra, shahar o‘qqa tutilishi oqibatida to‘rt kishi yaralangan. Rossiyaning boshqa manbalari esa ikki kishi halok bo‘lganini xabar qilgan.

Volnovaxa Donetskdan 50 kilometr va Ukrainaning Rostov oblasti bilan chegarasidan  90 kilometr masofada joylashgan. Rossiya bu shaharni 2022 yil 11 martida bosib olgan, sentabr oyi oxirida shahar «DXR» bilan birga annexia qilingandi.

Okkupatsiyaning bir yilligida, 2023 yil 11 martida, tan olinmagan respublika rahbari Denis Pushilin Volnovaxa «uyg‘onayotgani, odamlar o‘zlariga g‘amxo‘rlik qilinayotganini seza boshlagani»ni aytdi.

Volnovaxada raketa zarbasi kelgan joyda yakson bo‘lgan avtomobil
Stringer / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Volnovaxa o‘qqa tutilishi oqibatida halok bo‘lgan tinch aholi vakili jasadi
Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA
Raketa zarbasi kelib tushgan joyda hosil bo‘lgan o‘ra oldida ishlayotgan tergovchi
Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA

Ukraina harbiy havo kuchlarining Donbassdagi vertolyotlari

Donetsk oblastining Kiyev nazoratidagi qismi prokuraturasi ma’lumotiga ko‘ra, 13 mart kuni Rossiya qo‘shini stvolli artilleriya va «Uragan» baravar o‘t ochish reaktiv tizimlaridan Konstantinovka va Avdiyivka shaharlarini o‘qqa tutdi. Bir kishi halok bo‘lib, besh kishi yaralangan.

Bundan tashqari, dushanba kuni Donetsk oblastining Kiyev tomonidan tayinlangan rahbari Pavel Kirilenko Ukrainada «yaqin vaqtlar ichida» Mariupol harbiy ma’muriyati paydo bo‘ladi — buning uchun Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyning tasdig‘i kerak.

Mi-8 vertolyotiga raketalar joylayotgan ukrain harbiylari
Aris Messinis / AFP / Scanpix / LETA
Ukrainlarning Mi-8 vertolyoti Ukraina qurolli kuchlarining Donetsk oblastidagi pozitsiyalari uzra uchmoqda
Aris Messinis / AFP / Scanpix / LETA
Donetsk oblastidagi qishloqlardan biri ustidagi Mi-8 vertolyoti
Aris Messinis / AFP / Scanpix / LETA
Vertolyot bortidan boshqa Mi-8’ni kuzatayotgan ukrain o‘qchisi
Aris Messinis / AFP / Scanpix / LETA

Chasiv Yardagi hayot

Chasiv Yar — Donetsk oblastida Rossiya qo‘shini 2022 yil iyulidan buyon shturm qilayotgan  Baxmut shahridan 13 kilometr masofada joylashgan. Baxmutdagi Ukraina qo‘shinlarining muhim ta’minot yo‘llaridan biri Chasiv Yar orqali o‘tadi.

13 mart kuni Ukraina quruqlik qo‘shinlari qo‘mondoni, general-polkovnik Oleksandr Sirskiy «Vagner» XHK yollanma jangchilarining shturm otryadlari Baxmut atrofida bir necha yo‘nalishda yurish qilib, Ukraina qo‘shini mudofaasini yorib o‘tish va shahar markaziga kirishga urinayotganini xabar qildi.

Amerikadagi Urushlarni o‘rganish instituti o‘zining so‘nggi hisobotida RF mudofaa vazirligi katta ehtimol bilan Baxmutda «Vagner» XHK kuchlarini sarflashni ko‘zlaganini qayd etdi. Tahlilchilar fikricha, vazirlikning maqsadi — XHK rahbari Yevgeniy Prigojinning Kremlga ta’sirini kuchaytirishga bo‘lgan urinishlariga putur yetkazishdir. Rossiya tomoni bu bayonotga munosabat bildirmadi.

Bu vaqtda Baxmutga qo‘shni bo‘lgan Chasiv Yarda hamon tinch aholi vakillari qolmoqda — quyida ushbu shahar manzaralari aks etgan suratlar.

Chasiv Yardagi ko‘chalardan birida ukrain harbiy texnikasi atrofidagi mahalliy aholi
Narciso Contreras / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Chasiv Yar aholisi vakillari ko‘chada ovqat pishirmoqda
Narciso Contreras / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Chasiv Yar ko‘chalaridan biridagi ayol
Narciso Contreras / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press

Ukrainalik jangchilar Saragosada Leopard tanklarida shug‘ullanmoqda 

Germaniyaning Leopard 2 A4 jangovar tanklaridan foydalanadigan Ukrainaning dastlabki 10 harbiy ekipaji Ispaniyada to‘rt haftalik tayyorgarlik jarayonini yakunladi. Mashg‘ulotlarda Ukraina qurolli kuchlarining 55 nafar jangchisi — 21 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan professional harbiylar va zaxiradan chaqirilganlar ishtirok etdi.
Paul Hanna / Bloomberg / Getty Images

Novosibirskda ruhoniy oilasiga qabul qilingan ukrainalik bolalar

Fevral oyi oxirida Ukraina bosh prokurori Andrey Kostin Yevropa Kengashi inson huquqlari bo‘yicha komissari Duney Miyatovich bilan uchrashuvda Donbass, Zaporijjya va Xersonning bosib olingan hududlaridan Rossiyaga 16 mingdan oshiq bola olib ketilganini ma’lum qilgandi.

«Dojd» telekanali jurnalistlari aniqlik kiritishicha, Rossiyaga deportatsiya qilingan bolalar vaqtincha joylashtirish punktlari va mehribonlik uylariga yuborilmoqda, ularning fuqaroligi o‘zgartirilib, «harbiy-vatanparvarlik» mashg‘ulotlari orqali «qayta tarbiyalanmoqda».

RF prezidenti qoshidagi inson huquqlari bo‘yicha vakil Mariya Lvova-Belovaning ma’lum qilishicha, bu bolalar Rossiyada kuch bilan ushlab turilmayapti, ota-onalari va vasiylari «agar qo‘lidan kelsa va xohlasa» ularni olib ketishi mumkinligini aytgan. Shu bilan birga, Andrey Kostinning ma’lumotiga ko‘ra, Ukraina hukumati hozircha faqat 307 bolani qaytarishga muvaffaq bo‘lgan.

Ukrainadan olib ketilgan minglab bolalardan besh nafari ruhoniy Roman Vinogradov va uning rafiqasi Yekaterinaning Novosibirsk yaqinidagi uyida yashamoqda. Vinogradovlar oilasida jami — 16 bola bor, ularning 12 nafari — asrab olingan bolalardir.

Aleksandr Nemenov / AFP / Scanpix / LETA
Aleksandr Nemenov / AFP / Scanpix / LETA
Aleksandr Nemenov / AFP / Scanpix / LETA
Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Top