12:26 / 20.03.2023
18352

ISW: Rossiya Qurolli kuchlarining hujumi yakuniga yetyapti

Urushni o‘rganish bo‘yicha Amerika instituti (ISW) ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiyaning Ukrainadagi hujumi eng yuqori darajaga chiqishi arafasida. 

rus askari

So‘nggi haftalarda Rossiyaning Donbassdagi hujum operatsiyalari sur’ati sekinlashdi, bu Rossiya Qurolli kuchlarining bahorgi hujumi yaqin orada yakunlanishidan dalolat berishi mumkin, deydi tahlilchilar. 

Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushidagi vaziyatning navbatdagi sharhida ular Ukraina Qurolli kuchlari Sharqiy kuchlari guruhi spikeri Sergey Cherevatiyning Rossiya Donbassda kutilayotgan keng ko‘lamli hujum va Baxmutni taktik qo‘lga olishni yakunlash uchun yetarlicha kuch to‘play olmadi, deb hisoblagan bayonotiga e’tibor qaratilgan. 

Agar 300 000 rossiyalik harbiy xizmatchilar hujumda hal qiluvchi ustunlikni ta’minlay olmasa, keyingi safarbarlik to‘lqinlari paytida qo‘shimcha kuchlarni jalb qilish tubdan boshqacha natijaga olib kelishi dargumon, deya ishonch bildirgan ISW ekspertlari. 

Ularning fikricha, Ukraina Qurolli kuchlari tashabbusni qaytarib olish va frontning muhim sektorlarida qarshi hujumni boshlash uchun barcha imkoniyatlarga ega. 

Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top