11:17 / 21.03.2023
8265

Yaponiya bosh vaziri Fumio Kisida Ukrainaga yo‘l oldi

Yaponiya bosh vaziri Fumio Kisida 21 mart kuni Ukrainaga tashrif buyurish niyatida, deb xabar berdi Yaponiyaning NHK telekanali hukumat vakillariga tayanib. 

Foto: Bloomberg

Yaponiya hukumati rahbari prezident Volodimir Zelenskiy bilan uchrashishni rejalashtirmoqda. Tashrif haqida avval xabar berilmagan.

Bundan oldin Yaponiya Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kengaytirgandi.

22 jismoniy shaxs va uchta tashkilot - "Irkut" samolyot ishlab chiqaruvchi kompaniyasi, "Avangard" Moskva mashinasozlik zavodi va "KamAZ" aktivlari muzlatildi.

Rossiya Federatsiyasiga robotlar, radioaktiv materiallar, shuningdek, yadroviy inshootlar, neft va tabiiy gazni qidirish uskunalari eksporti taqiqlandi.
 
Bundan tashqari, ro‘yxatga portlovchi moddalarni aniqlash uchun uskunalar, portativ generatorlar, lazerli payvandlash mashinalari kiritildi. 

Rossiyaga vaksinalar va tibbiy asbob-uskunalarni sotish taqiqlandi. Eksport cheklovlari 49 ta tashkilotga ta’sir qilgan.

Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Top