12:31 / 23.03.2023
7147

Majburiy ijro sohasida suiiste’molchiliklarning oldini olish choralari belgilandi 

Prezidentning 23 mart kungi qarori bilan majburiy ijro etish sohasida suiiste’molchiliklarning oldini olish choralari belgilandi.

Sud va boshqa organlar hujjatlarini majburiy ijro etish sohasida suiiste’molchiliklarning oldini olish hamda fuqaro va tadbirkorlarni qiynayotgan muammolarni hal etish maqsadida quyidagilar belgilandi:

Majburiy ijro byurosi tomonidan qo‘llanadigan ma’muriy jarimaning miqdori ijro hujjatida undirilishi belgilangan summadan yuqori bo‘lishi mumkin emas;

Majburiy ijro byurosi nomidan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishga hamda ma’muriy jazo qo‘llashga faqat O‘zbekiston Bosh davlat ijrochisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining bosh davlat ijrochilari, ularning o‘rinbosarlari, shuningdek, Majburiy ijro byurosining tuman (shahar) bo‘limlari boshliqlari haqlidir.

Mavzuga oid
Top