17:08 / 25.03.2023
18048

Baxmutdagi vaziyat og‘irligicha qolmoqda - ammo Ukraina Zaporijjya oblastida hujumga o‘tishi mumkin. Urush suratlari

Ukrainada urushning 394-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • «Mediazona» va BBC rus xizmati ko‘ngillilar jamoasi bilan birgalikda Ukrainada halok bo‘lgan 18 ming rossiyalik harbiylar, ko‘ngillilar va safarbar etilganlarning shaxsini tasdiqladi.
  • Anneksiya qilingan Qrim rahbari Sergey Aksenov o‘zining harbiy tuzilmasi — «Konvoy» xususiy harbiy kompaniyasini tashkil etdi. Uni avval Afrikadagi vagnerchilarga rahbarlik qilgan Konstantin Pikalov boshqarmoqda.
  • «Chegara bilmas shifokorlar» xalqaro tashkilotiga ko‘ra, Rossiya bosqini chog‘ida Ukraina tinch aholisi oylar davomida tibbiy yordam va dori-darmonlarsiz qoldirilgan.
  • Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasining Ukrainadagi monitoring missiyasi mamlakatda inson huquqlari va harbiy asirlar huquqlariga rioya etilishi bilan bog‘liq vaziyat bo‘yicha hisobotni taqdim etdi. Missiya a’zolari kamida 25 nafar rossiyalik va 15 nafar ukrainalik harbiy asir qatl etilganini xabar qilgan.
  • BMT missiyasi shuningdek Ukrainada urush bilan bog‘liq 133 ta jinsiy zo‘ravonlik holatlari haqida xabar bergan. Bunday zo‘ravonlik holatlariga ikki tomon vakillari ham aloqador.

Ukraina qurolli kuchlarining rossiyaliklar okoplari yaqinidagi pozitsiyasi

Ukraina qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni Valeriy Zalujniy Buyuk Britaniya mudofaa vazirligi shtab boshlig‘i Entoni Radakin bilan telefon muloqoti vaqtida ukrain harbiylari Baxmut yo‘nalishidagi vaziyatni barqarorlashtirishga muvaffaq bo‘lganini aytdi. Shu bilan birga Zalujniy Baxmut atrofidagi vaziyat «eng qiyini» bo‘lib qolayotganini tan olgan.

Ukraina Davlat chegara xizmati ma’lumotiga ko‘ra, 24 mart kuni «Vagner» XHK yollanma jangchilari ikki marta chegarachilar tayanch punktini shturm qilgan. Chegarachilar bu hujumlar qaytarilgani va raqib otishmalardan keyin jang maydonini tark etganini ma’lum qilgan.

Ukraina mudofaa vazirligi bosh razvedka boshqarmasi 24 mart kuni e’lon qilgan xabarga ko‘ra, idora rossiyalik harbiylarning RF armiyasidagi dezertirlik va Baxmut atrofidagi muvaffaqiyatsizlik to‘g‘risidagi so‘zlashuvini tinglashga muvaffaq bo‘lgan. Qo‘lga kiritilgan yozuvda rossiyalik harbiylar bu yo‘nalishda «texnika yo‘qligi, hech narsa yo‘qligi» haqida gaplashadi. Rossiya tomoni Baxmut yo‘nalishidagi vaziyat yuzasidan izoh bermagan.

Baxmut qamali yetti oydan buyon davom etmoqda. Quyida 28-alohida mexanizatsiyalashgan brigadaning rossiyaliklar okoplariga yuz metr masofada joylashgan pozitsiyalarida olingan suratlar.

Libkos / AP / Scanpix / LETA
Libkos / AP / Scanpix / LETA
Libkos / AP / Scanpix / LETA
Libkos / AP / Scanpix / LETA

Zaporijjya oblastidagi frontda ukrain dronlari

Amerikadagi Urushlarni o‘rganish institutiga ko‘ra, ukrain qo‘shini Zaporijjya oblastida qarshi hujum boshlashga tayyorlanmoqda. Hududning Moskva tomonidan tayinlangan hukumati ham bu fikrga qo‘shiladi: okkupatsion ma’muriyat kengashi a’zosi Vladimir Rogovning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina qurolli kuchlari yurishi «yaqin kunlarda boshlanishi mumkin». Zaporijjya oblastining Kreml ta’siridagi rahbari Yevgeniy Balitskiy avvalroq RF armiyasida ukrainlar hujumini qaytarish uchun «barcha zarur resurslar» borligini ma’lum qilgandi. Ukraina qurolli kuchlari bosh shtabi ehtimoliy qarshi hujum haqidagi xabarlarga izoh bermadi.

Ukrainalik harbiy dronni uchishga tayyorlamoqda
Reuters / Scanpix / LETA
Reuters / Scanpix / LETA
Reuters / Scanpix / LETA

Baxmut atrofidagi ukrainalik harbiy shifokorlar

Aris Messinis / AFP / Scanpix / LETA
Aris Messinis / AFP / Scanpix / LETA
Aris Messinis / AFP / Scanpix / LETA
Aris Messinis / AFP / Scanpix / LETA
Aris Messinis / AFP / Scanpix / LETA
Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Top