21:48 / 28.03.2023
25750

XOQ rossiyalik va belaruslik sportchilarga musobaqalarda neytral bayroq ostida qatnashishiga ruxsat berishni tavsiya qildi

Rossiyaning Ukrainaga bosqini boshlanganidan keyin rossiyalik va belaruslik sportchilar barcha xalqaro musobaqalardan chetlatilgan edi. 

Foto: Globallookpress

Xalqaro olimpiya qo‘mitasi rossiyalik va belaruslik sportchilarga xalqaro musobaqalarda neytral bayroq ostida qatnashishlariga ruxsat berishni tavsiya qildi, dedi tashkilot rahbari Tomas Bax. Bu tavsiyalar 2024 yilgi Parij olimpiadasiga taalluqli emas, u bo‘yicha alohida qaror chiqariladi. 

Tavsiyalar bo‘yicha sport federatsiyalari mustaqil qaror chiqarishi lozim. 

Bundan tashqari, XOQ tavsiyalariga ko‘ra, quyidagi cheklovlar o‘rnatiladi:

- rossiyalik va belaruslik sportchilarga jamoaviy sport (futbol, xokkey va hokazolar) o‘yinlarida qatnashish taqiqlanadi;

- Ukraina hududidagi harbiy harakatlarni qo‘llab-quvvatlovchi sportchilarga xalqaro musobaqalarda qatnashish taqiqlanadi;

- Rossiya yoki Belarus armiyasi, shuningdek, huquqni muhofaza qilish organlari va xavfsizlik idoralari bilan aloqasi bo‘lgan sportchilarga xalqaro musobaqalarda qatnashish taqiqlanadi. 

«Sportchilarga xalqaro musobaqalarda ishtirok etishga ruxsat berishdan oldin ularning ommaviy bayonotlari, mitinglardagi ishtiroki va janglarni qo‘llab-quvvatlovchi ramzlarning namoyish etilishi hisobga olinishi kerak», dedi Bax.

Top